— vakt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqllik sharoitida (aniql loyiha bilan boglik bulgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini hisobga olish. SHunday kilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki, u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan boglik omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy okibatlarni tahlil kiladi va aniqllaydi. Moliyaviy tahlilning asosiy jixatlari quyidagichadir:Birinchidan, sanoat investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili — bu saloxiyatli investorlar va loyiha yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy okibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi texnik xarajatlarni yoki loyiha takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab chikishning oxirgi boskichlarida amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas.
Moliyaviy tahlil texnologiya va ishlab chiqarish kuvvati, loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi, marketing strategiyalarining moxiyati jixatidan aniqllanuvchi loyiha strategiyalarini ishlab chikish va turli xil mukobillarini kuzda tutishi lozim. Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni utkazish jarayonida qaror qabul kiluvchi shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni kullashini ham hisobga olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqllashga majbur kiladi va u investorlar talab kiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq keluvchi usullarni tanlaydi. Masalan, investorlar past rentabellikda tezlashtirilgan amortizatsiyani afzal kurishi mumkin yoki, xatto, kichik daromadlar sharoitida bosh rakobatchiga nisbatan bozordagi uz ulushini kengaytirishni xoxlashi mumkin, bunda uning strategiyami mavjud firmaning yuqori rentabelliligani ta’minlashga xizmat kilsa ajab emas. Bu erda nafaqat katnashuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham kizikishini hisobga olish kerak. Jamiyatning kizikishi shundaki, bunda ular investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va mamlakatning rivojlanishiga inti-ladilar. Kizikishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiksal tadbirlar kullaniladi. Bu tadbirlar ham ragbatlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib, loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqllanishi lozim.