Mavzu: Investitsion loyihalar tahlilining moliyaviy jihatlari



Yüklə 27,55 Kb.
səhifə4/9
tarix26.12.2023
ölçüsü27,55 Kb.
#198038
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Investitsion loyihalar

Bir-necha mamlakatlarda foiz stavkasi boshqa davlatlarga nisbatan past. Misol uchun, yaqin yillargacha YAponiyaning foiz stavkasi darajasi nol ko‘rsatkichga yaqin edi. AQSHda bu ko‘rsatkich 3%ga yaqin bo‘lgan edi. Ko‘pchilik YAponiya kompaniyalari uchun kapital bahosining pastligi ular uchun foydali deb o‘ylashadi. Bu ko‘p masalada xato fikrlash bo‘lsa, lekin bunda ehtimol qandaydir darajada haqiqat ham bor. Anglashilmovchilik sababi YAponiyada foiz stavkasi ienada hisoblansa, AQSHda u dollarda hisoblanadi. Faraz qilaylik, ikkala holatda ham foiz stavkani real ko‘rsatkichlarda aniqlandi. Endi, ularni o‘zaro solishtirib quyidagi savolni berish o‘rinlimi: xorijiy investitsiyalar YAponiyada real kapital bahosini tushishiga sabab bo‘la oladimi? Ma’lumki, yapon xalqi azaldan tejamkor va yirik jamg‘armalarga ega bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular kelajakdan xavotirlanmoqdalar va ular odatdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘larini jamg‘armalarga yo‘naltirdilar. YAponiya sanoati bunday mablag‘larni o‘zlashtira olmadi va natijada mamlakat ularni chet el investitsiyalariga yo‘naltira boshladi. Xalqaro darajada investitsiya qilish doim ham investorlar uchun riskli hisoblanmaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollar ham isbotlaydi. Zero, xalqaro darajada investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar o‘z portfellarini diversifikatsiya qilishlari, to‘g‘ri investitsiya hududini tanlashlari va qulay bozor riskiga ega bozorlarni aniqlashlari muhim ahamiyatga ega. 

Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va uning asosiy jihatlari

Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligini ochib berishda markaziy urinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan samara uning xar bir ishtirokchilarining uz maqsadlaridan kelib chikib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bulgan natijalarni kulga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Bozor isloxotlarigacha bulgan davrda, ya’ni markazlashtirilgan rejalashtirish tizimi amal kilgan paytda kapital kuyilmalarning samaradorligini baholash akademik T.S. Xachaturov ilmiy boshchiligida ishlab chikilgan uslub asosida amalga oshirilar edi. Buning asosida kapital kuyilmalarning iqtisodiy samaradorligani aniqllash tamoyillari samaradorlikning tarmok me’yor koeffitsienti yordamida takkoslama iqtisodiy samaradorlikni tashki hisoblash yuli bilan absolyut va nisbiy kurinishlardagi ularning koplanishini hisoblash usullari yotar edi. Investitsiyani variatlarini tanlashda ham ushbu uslublarning uziga xos urni bor edi, lekin ular kattik dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangan edi. SHuning uchun ushbu uslublarda zarur bulgan ko’rsatmalar yuk edi, ya’ni bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bulgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi noaniqllik va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal qiymatlarni baholash va shu kabilardir. SHuningdek kapital kuyilmalarning samaradorligini aniqllashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing jixatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas edi, pul okimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshkalarga bulgan e’tibor uning uchun xos emas edi. 


Yüklə 27,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin