operatsiya va investitsiya faoliyati hajmi o‘rtasidagi munosabat;
amalga oshiriladigan operatsiyalarning risk darajasi;
kompaniya faoliyatida sohaning muhimligi hamda, ishlab chiqarish va operatsiya siklining davomiyligi.
Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash
Jahonda moliyaviy globallashuvning jadal sur’atlarda rivojlanishi va mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida xalqaro darajada kapital harakati yuzaga kelmoqda. Hozirgi kunda xalqaro kapital migratsiyasi rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan bozorlarga ko‘chmoqda. Bu o‘z navbatida, xalqaro investitsiyalar uchun loyihalarni baholashning ahamiyatini oshirmoqda. SHu sababli, mazkur tadqiqot ishida CAPM modeli yordamida kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun kapital bahosini hisoblashni boshqa malakatlarga investitsiyalarni amalga oshirishda qo‘lanilishi o‘rganildi. Xorijga investitsiya qilish ma’lum qo‘shimcha risklarga ega. CHet elga investitsiya qilish har doim investorlar uchun risklimi? Bu savolga bir misol yordamida javob qidirishga harakat qilinadi. Amerikalik investor uchun S&P indeksiga investitsiya qilgan riskliroqmi, yoki Misr fond birjasigami? Albatta, Misrga investitsiya qilish riskliroq, faqat unda risk umumiy dispersiya sifatida aniqlanadigan bo‘lsa. Misrga investitsiyaning betasi qanchalik yuqori va u Amerikalik investorning diversifikatsiyalangan portfeliga qanchalik risk qo‘shadi? Mazkur savolga javob berish uchun Misr, Polsha, Tailand va Venesuela kabi davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Misr, Polsha, Tailand va Venesuela bozorlarining beta-koeffitsentlari keltirilgan. Bu bozorlar daromadliligining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi AQSHga qaraganda 2-3 barobar katta, lekin faqat, Tailandda beta-koeffitsenti 1 dan oshadi. Buning sababi zaif korrelyasiya koeffitsenti bilan bog‘liq. Bashqacha qilib aytganda, Tailand fond bozoriga investitsiya qilish riski boshqa davlatlarga nisbatan yuqori. Misr fond bozorining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi S&P indeksidan 3.1 barobar katta, lekin korrelyasiya koeffitsenti atigi 0.18 ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, Amerikalik investor uchun Misrga investitsiya qilish katta risk darajasiga ega emas.