2021 O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyotni qo‘llashining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 441,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.04.2023
ölçüsü441,54 Kb.
#101495
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekiston-respublikasi-iqtisodiyot-tarmoqlarida-raqamli-iqtisodiyotni-qo-llashining-asosiy-yo-nalishlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Raqamli iqtisodning asosiz ko‘rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish 
usullarini ((pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual 
mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o‘zgarishini (sharing economy) va 
ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod 
(internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, electron to‘lov va boshqalar)ning 
O‘zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. 
Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko‘rsatadiki, yuqorida 
ko‘rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
349 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan 
texnologik o‘zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo‘shimcha va virtual reallik 
texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada 
tezlashtiradi. 4.0 Industriya (to‘rtinchi sanoat inqilobi) atamasi 2011 yilda iste’molga 
kirdi va uning ma’nosi raqamli texnologiyalar vositasida qo‘shimcha qiymat hosil 
qilish global zanjirini amalga oshirishdan iborat. “Aqlli texnologiyalar” va “aqlli 
robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo‘ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, 
to‘rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviynavbatida 
mahsulotlarning to‘liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar 
yaratilishiga olib keladi. Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi 
joriy qilinish yo‘nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin
- Professional hizmatlar – on-demand professional services – buxgalter 
hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar.
- Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-
funding), o‘zaro kreditlash (peer-to-peer lending)
- Uyda ko‘rsatiladigan hizmatlar – on-demand household services
- Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation)
- Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation)
Raqamli iqtisodiyotning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, 
sun’iy intellekt, mashina vositasida ta’lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, 
blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ 
boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari 
yaqqol ko‘rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari 
kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta’minlash 
uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo‘lsa, kraudfunding 
jamoaviy moliyaviy mablag‘lar yig‘ish mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko‘lami, 
faoliyat turi va kattaligidan qat’iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy 
mablag‘lar yig‘ish texnologiyasi bo‘lgan kraudfundung barcha kompaniyalar uchun 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, Rosiya 
bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platfiormalari bo‘lib, ular kraudfunding 
loyihalarining amalga oshishiga ko‘mak berib turadilar. Eng ommabop kraudfundung 
platformalar planeta.ru va Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda 
esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. Planeta.ru tomonidan sakki 
mingta loyihaga 660 mln rubl yig‘ilgan bo‘lsa, huddi shu davrning o‘zida taniqli 
xorijiy kraudfunding platforma Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag‘ yig‘ilib, 
126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan. 



Yüklə 441,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin