2021 qadimgi xitoy falsafasining asosiy yo’nalishlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#187578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qadimgi-xitoy-falsafasining-asosiy-yo-nalishlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
41 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
uzoq muddat mavjud bo’lib kelganligi o’sha davr maktablarining jamiyat haqidagi 
g’oyaviy qarashlari xususida etarlicha ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatlarini 
beradi. 
Qadimgi Xitoydagi ilk falsafiy ta’limotlarga ko’ra, osmon va yer bilan 
chegaralangan olam in hamda yan tamoyillariga amal qiladi. Yan tamoyili narsalar 
mohiyatiga faol kirib boruvchi kuch sifatida talqin qilinsa, in esa passiv kuzatuvchi, 
zulmatni ifodalovchi tushunchadir. Lekin ularni bir-birini rad etuvchi jihatlar 
tariqasida tushunish xato, chunki ularning hamjihatligi tufayli kuchlar birlashadi, 
uzilgan yo’nalishlar muayyan shaklga ega bo’ladi, yer bilan osmon o’zaro 
munosabatlari ochib beriladi. In va yan harakati - bir butunlik o’zgarishining 
dialektik harakati. Narsa va hodisalarning o’zaro hamkorligi ularning o’zgarishi 
orqali ta’minlanadi. In va yanning o’zaro harakati natijasida oltita kategoriyalar 
paydo bo’ladi. Bular - momaqaldiroq, shamol, olov, suv, qaytish va osoyishtalik
11

Ushbu kategoriyalar Osmon, Yer va Inson bilan bog’liq muammolarni yoritishda 
keng qo’llanilgan. 
Yin yan jia (
阴阳家
, pinyin: yin yáng jia) - qadimgi Xitoyning tabiiy falsafiy-
kosmologik va numerologik masalalarga ixtisoslashgan falsafiy maktabidir. Bu Dark 
(In) va Light (Yan) maktabi bo’lib, Ushbu maktabning izdoshlari voqealarni faqat 
tabiiy kuchlar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilishdi, shuning uchun uni odatda 
tabiiy falsafiy deb talqin qilishadi. 
In-Yan maktabining g’oyalari qadimgi Xitoyning an’anaviy ma’naviy 
madaniyati va fanining asosini tashkil etdi. Astronomik hisob-kitoblar asosida 
taqvimlar tuzildi, ularning to’g’riligi nafaqat qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga 
ega edi, balki ‘‘Osmon O’g’li va uning maslahatchilarining g’amxo’rligi” deb ham 
hisoblangan. Samoviy hodisalarni o’rganish kosmologiya, bioritmologiya va 
klimatologiya elementlarini birlashtirgan qadimgi Xitoy tibbiyotida katta ahamiyatga 
ega bo’lgan
12
. Keyinchalik In-Yan maktabining g’oyalari neokonfutsiy va diniy 
Daoizmda keng qo’llanila boshlandi.
In-YanJia-ning (Xitoy tili pinyinda) markaziy tushunchasi bu In-Yan kuchlari 
dualizmining universalligi va besh unsur: Metall, yog’och, suv, olov va er tomonidan 
hosil bo’lgan o’zaro ta’sirlarning siklik xarakteridir.
11
Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши (История китайских идеологий). Т.1-2. - Пекин.1957. –
C.164.
12
Демин Р. Н. Школа инь-ян //Культуры в диалоге. Вып.1. – Екатеринбург, 1992. – C. 97. 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin