2021 qadimgi xitoy falsafasining asosiy yo’nalishlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#187578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qadimgi-xitoy-falsafasining-asosiy-yo-nalishlari

 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
37 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
KIRISH. 
Qadimgi Xitoy ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan 
mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o’ziga xos shaklda rivojangan. 
Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga kelib, Yuan-in davlatida 
muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar 
natijasida davlat Chjou qabilasining qo’liga o’tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi 
III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ustivorlik qilgan. 
U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy 
bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan 
1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, 
tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. In va Yan falsafiy 
maktabi va boshqa Xitoy maktablari bilan o’zoro munosabatlarini o’ziga xos falsafiy 
fikrlari haqida tahlil olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. 
Mirziyoyevning tarixi va ma’naviy merosini o’rganishga oid bergan uslubiy 
ko’rsatmalari hamda, “In va yan falsafiy maktabi” o’rganishda olimlarning falsafiy 
tizimlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi to’g’risidagi fikr – mulohazalar, xulosalar, 
ilgari surilgan g’oyalar va prinsiplar tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo’lib xizmat 
qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR. 
Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari 
ilohiylashtirilgan bo’lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu 
afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta’minlaydigan, ularni 
boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko’pincha oliy 
hukmdor (shandi), ba’zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan 
2

Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo’lib u diniy 
matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo’lgani kabi, ozod bo’lish yoki xalos 
bo’lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo’lmagan. Aksincha, u ko’proq amaliy 
va pragmatik yo’nalishga ega edi. Xitoy faylasuflari asosan kambag’al a’yonlarga 
mansub bo’lgan. Ular ko’pincha g’oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal 
qilgan ma’muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko’pgina buyuk xitoy 
mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. 
Ko’pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan donishmandlar ta’sirida 
asta-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana borgan. Ko’p hollarda ularning ismlari 
1
Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.1-kitob. - Toshkent , 2004. – B.43. 
2
Хоу Вай-лу (и.др). Чжунго сысян тунши / История китайских идеологий. Т.1-2. – Пекин, 1957. –
B.127. 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin