2021 yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda amaliyotlarni o‘rni



Yüklə 419,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix05.12.2022
ölçüsü419,34 Kb.
#72347
1   2   3   4   5   6
yoshlarning-kasbiy-ko-nikmalarini-shakllantirishda-amaliyotlarni-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1530 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
olinadigan amaliy bilimlar va ko‘nikmalarini, yechilayotgan masalalar doirasini va 
turlarini yechish usullarini, har amaliyotda masalalarning izlanuvchanlik yo‘nalishini 
ko‘rib chiqish juda muhimdir.
Amaliyotchining kasbiy faoliyati maydonini yanada to‘la tavsiflaydigan bilim va 
ko‘nikmalar hajmini shakllantirish zarur deb tasavvur qilinadi. Amalda birlamchi 
kasbiy malakalarni hosil qilish uchun bunday maydon ish o‘rni bo‘ladi. Binobarin
amaliyotning asosiy vazifasi amaliyotchida ish o‘rni, unda ishni tashkil etish, mazkur 
ish o‘rnining boshqalari bilan o‘zaro aloqasi, uning ishlab chiqarishning umumiy 
tuzilmadagi o‘rni to‘g‘risida to‘liq tasavvur yaratish bo‘lishi kerak. Bu masalalar 
amaliy malakalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra ancha keng ekanligi ko‘rinadi. Kasbga 
tayyorlashning juda muhim jihatlaridan biri amaliyotchining ish o‘rni uchun xos 
bo‘lgan barcha faoliyat turlariga kiritilganligi va albatta ulardan xabardorligi 
amaliyotchining asosiy vazifalari va rollarini o‘zlashtirganligi hisoblanadi. 
Amaliyot davrida kuyidagi xulosalar chikariladi. 
- dastlabki kasbiy malakalarni hosil qilish uchun amaliyot o‘quvchilarni 
o‘qitishda, ularga amaliy malakalarni singdirishda va korxona, tashkilot to‘g‘risida 
yaxlit tasavvur hosil qilishda kata imkoniyatlarga ega
- odatda amaliyotchilik faoliyati yechiladigan masalalarning tor doirasi bilan 
cheklangan, ya’ni amaliyotni mazkur ish o‘rniga xos bo‘lgan faoliyatning barcha 
turlariga to‘liq darajada kirishmaydi; 
- amaliyotlar dasturida yechimning yechilishi amaliyotchining izlanish 
faoliyatini va uning olingan nazariy bilimlardan foydalanishni amalga oshiradigan 
real ishlab chiqarish vaziyatlarini hisobga olib, ularning ijodiy masalalarini 
bajarishlari nazarda tutilmagan; 
- olinayotgan ma’lumotlar hajmi ularni umumlashtirishga va tahlil qilishga , ish 
o‘rnini tashkil etishda ma’lum bir qonuniyatlarni aniqlashga imkon bermaydi. 
Barcha aytilganlar amaliyotni o‘tkazish mazmunini va metodikasida tub 
o‘zgarishlar zarurligini dalillar bilan yana bir bor isbotlaydi. Bu ayniqsa zamonaviy 
ishlab chiqarishda dolzarbdir. 

Yüklə 419,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin