w www.oriens.uz May 2021 -
shaxsiy sifatlarni kamol toptirish;
-
intelektual rivojlanish;
-
kasbiy rivojlanish;
-
jismoniy komillik.
Yoshlarimiz o‘zini-o‘zi kasbiy rivojlantirishi uchun qator zarur sifatlarga ega
bo‘lishi kerak. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
kasbiy masalalarni yechishga ichki motivatsiyani shakllantirish;
-
kasbiy masalalarni yechish jarayonida yuqori natijalarga erishishga intilish;
-
kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning mazmunini tushunish va metodik
asoslarini bilish.
O‘quvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish usullaridan biri bu
ishlab chiqarish amaliyotlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy
maqsadi kichik mutaxassislarni kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va malakalarini
oshirishdan iborat bo‘ladi.
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘lajak mutaxassilarga kasbiy soha
bo‘yicha aniq ko‘nikma va malakalarni o‘rgatishdan tashqari ularni tashkiliy-
boshqaruv faoliyatiga ham tayyorlash, ya’ni ularni jamoaning dastlabki bug‘inlariga
rahbarlik qilish ko‘nikmalarini ta’minlash uchun amaliyot jarayonida ularni nimaga,
qanday vositalar yordamida, qanday qilib o‘rgatish masalasani hal etish lozim bo‘ladi.
Ishlab chiqarish amaliyotlari ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi va an’anaga
ko‘ra, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv-tarbiya jarayonining
tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda
tutiladi;
- olingan nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash va kasbiy ko‘nikmalarni
rivojlantirish;
- ishlab chiqarish xodimlari bilan aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish, ish
yuzasidan muloqot qilish, guruh yoki jamoada hamkorlikda ishlash, axborot
almashish tajribasini egallash.
Ishlab chiqarish amaliyoti ta’limning uzviy tarkibiy qismidir. Kasbiy bilimlarni
egallash o‘quv faoliyatining shunday yo‘nalishini nazarda tutadiki, bunda uning
butun mazmuni, bevotida yoki bilvosita tanlangan mutaxasisslik bo‘yicha ta’lim
oluvchilarning mehnat faoliyatiga tayyorlashga qaratiladi.
Ishlab chiqarish amaliyotining o‘rgatuvchi imkoniyatlarini aniqlash uchun har
bir amaliyotining maqsadlari va vazifalarini, amaliyotchilar faoliyati sohasini, bunda