XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir
qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata
oladigan, o‘z bilimi va
malakasini mustaqil
ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda
muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab,
taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan
mutaxassisllarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1531
w
www.oriens.uz
May
2021
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi
sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga
yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa
va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.
Talabalarning
asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari amaliyotlarda ishtirok
etish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va
ularda kelajakda mustaqil ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun
talabalarning amaliyotlarini to‘g‘ri tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy
shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda
ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish zarur ahamiyatga
ega hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Rashidov X va boshqalar ”Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi (o‘quv
qo‘llanma) Toshkent 2007-yil.
2. N.Xo‘jaev va boshqalar. Kasbiy ta’lim metodikasi.O‘quv qo‘llanma.Toshkent
davlat iqtisodiyot universiteti. Toshkent, 2007.
3.Abduquddusov O. A, Rashidov x. f. “Kasb-hunar pedagogikasi” Toshkent-2009-yil.
4.
Mirzoulug‘Mirsaidovich, M., &
Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA’LIM
SIFATINI OShIRIShDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISh
MASALALARI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences,
1(3), 100-404.