Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1530
w www.oriens.uz May 2021 olinadigan amaliy bilimlar va ko‘nikmalarini, yechilayotgan masalalar doirasini va
turlarini yechish usullarini, har amaliyotda masalalarning izlanuvchanlik yo‘nalishini
ko‘rib chiqish juda muhimdir.
Amaliyotchining kasbiy faoliyati maydonini yanada to‘la tavsiflaydigan bilim va
ko‘nikmalar hajmini shakllantirish zarur deb tasavvur qilinadi. Amalda birlamchi
kasbiy malakalarni hosil qilish uchun bunday maydon ish o‘rni bo‘ladi. Binobarin,
amaliyotning asosiy vazifasi amaliyotchida ish o‘rni, unda ishni tashkil etish, mazkur
ish o‘rnining boshqalari bilan o‘zaro aloqasi, uning ishlab chiqarishning umumiy
tuzilmadagi o‘rni to‘g‘risida to‘liq tasavvur yaratish bo‘lishi kerak. Bu masalalar
amaliy malakalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra ancha keng ekanligi ko‘rinadi. Kasbga
tayyorlashning juda muhim jihatlaridan biri amaliyotchining ish o‘rni uchun xos
bo‘lgan barcha faoliyat turlariga kiritilganligi va albatta ulardan xabardorligi
amaliyotchining asosiy vazifalari va rollarini o‘zlashtirganligi hisoblanadi.
Amaliyot davrida kuyidagi xulosalar chikariladi.
- dastlabki kasbiy malakalarni hosil qilish uchun amaliyot o‘quvchilarni
o‘qitishda, ularga amaliy malakalarni singdirishda va korxona, tashkilot to‘g‘risida
yaxlit tasavvur hosil qilishda kata imkoniyatlarga ega;
- odatda amaliyotchilik faoliyati yechiladigan masalalarning tor doirasi bilan
cheklangan, ya’ni amaliyotni mazkur ish o‘rniga xos bo‘lgan faoliyatning barcha
turlariga to‘liq darajada kirishmaydi;
- amaliyotlar dasturida yechimning yechilishi amaliyotchining izlanish
faoliyatini va uning olingan nazariy bilimlardan foydalanishni amalga oshiradigan
real ishlab chiqarish vaziyatlarini hisobga olib, ularning ijodiy masalalarini
bajarishlari nazarda tutilmagan;
- olinayotgan ma’lumotlar hajmi ularni umumlashtirishga va tahlil qilishga , ish
o‘rnini tashkil etishda ma’lum bir qonuniyatlarni aniqlashga imkon bermaydi.
Barcha aytilganlar amaliyotni o‘tkazish mazmunini va metodikasida tub
o‘zgarishlar zarurligini dalillar bilan yana bir bor isbotlaydi. Bu ayniqsa zamonaviy
ishlab chiqarishda dolzarbdir.