2022 № 1 910
usullari (issiqlik o’tkazuvchanlik, konvektsiya, nurlanish) ni, jism bergan yoki
olgan issiqlik miqdorini hisoblash formulalari (
) ni
eng avvalo takrorlash, umumlashtirish, keyin esa chuqurlashtirish lozim.
Energiyaning har xil turlari o’zaro bir-biriga aylanishi haqida ma’lum bo’lgan
ma’lumotlar takrorlanib, umumlashtirilgandan so’ng yangi bilim berish tipida BBB
(bilardim, bilishni xohlayman, bilib oldim) interfaol metodidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu esa ta’lim jarayonida o’qitishning yuqori samaradorlikka
erishishiga olib keladi, albatta.
BBB (bilardim, bilishni xohlayman, bilib oldim) metodi: 1-qadam: Doskaga bayon qilinayotgan mavzu yoziladi. O‘quvchilarga o‘z
daftarlariga bu mavzi bo‘yicha bilganlarini “bilardim”, deb yozish taklif qilinadi.
Buning uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Taqdimot davomida o‘quvchilar mavzu
bo‘yicha bilganlarini, masalan, ichki energiya, issiqlik miqdori, bajarilgan ish
to’g’risida aytib berishadilar. Taqdimot davomida fikrlarni guruhlar tomonidan
qaytib takrorlamaslik qoidasiga qat’iy rioya qilinadi.
2-qadam: O‘quvchilar daftarlariga “bilishni xohlayman”, deb yozishadilar.
Bunda yangi mavzu “termodinamikaning I-qonuni” bo‘yicha nimalarni bilishni
xohlashini yozish taklif etiladi. Bunga bir daqiqa beriladi. Taqdimot o‘tkaziladi.
3-qadam: O‘quvchilarga darslik kitobini ochishni va daftarlariga esa “bilib
oldim”, deb yozishlarini taklif etiladi. O‘quvchilar esa o‘z daftariga yangi mavzu
bo‘yicha, ya’ni bu qonun energiyaning saqlanish qonunining mazmuni ekanligini
tushinganlarini yozishadi. Buning uchun o‘n daqiqa vaqt beriladi. O‘n daqiqa vaqt
o‘tgandan so‘ng, taqdimot o‘tkaziladi.
Barcha qadamlarda o‘quvchilar bir - birini tinglash qoidasiga rioya qilishlari
shart. O‘qituvchi tomonidan esa yangi mavzu bo‘yicha aytilmasdan qolgan
materiallar o‘z vaqtida to‘ldiriladi, ya’ni faraz qilaylik, sistema 1 holatdan 2
holatga o‘tishida uning ichki energiyasi ΔU = U1 – U2 ga o‘zgargan bo‘lsin.
Bunday o‘zgarish sistemaga Q issiqlik miqdori bergandagina bo‘lishi mumkin.
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL