2022 №3 75 yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolari to'xtayev Sardor Sulton O'gli



Yüklə 49,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.12.2023
ölçüsü49,84 Kb.
#190331
1   2   3   4   5   6
yuridik-fan-va-huquqni-qo-llash-amaliyotining-dolzarb-muammolari

2022 
№ 3
77 
lozim. Chunki yuridik fanlarni o‘qitish asosida nazariy qoidalarni amaliyotda takomillashtirish, 
sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish, qonun ijodkorligida, ta’lim jarayonida keng 
foydalanishni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara berishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Shuning uchun 
yuridik fanlarni rivojlantirish barobarida va amaliyotga tatbiq etish orqali yetuk huquqshunos 
kadrlar tayyorlashda yuksak marralarga erishishimiz mumkin.

Yuridik fanlar saviyasini ko‘tarish uchun bulardan tashqari xalqaro ilmiy aloqalarni 
yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Bugungi kunda yuridik fanlarni o‘qitish barobarida va yuridik kadrlar 
tayyorlash masalalarida huquqshunos olimlar xorijiy davlatlar tajribasi va nazariyasini qiyosiy-
huquqiy tahlil qilishi va izlanishlar olib borishi talab etiladi. 

Ilmiy tadqiqotchilar chet tilini bilishi, kompyuter texnologiyasidan mukammal 
xabardor bo‘lishi hozirgi zamon yurisprudensiya sohasining rivojlanishi uchun yuksak ahamiyat 
kasb etadi. 

Iqtidorli talabalar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, ularni ilmiy tadqiqotlarga muntazam 
ravishda jalb etib borish kerak. Shundagina, kelgusida ular orasidan doktorantura va professional 
yuridik sohalarga nomzodlarni tanlab olish imkoni vujudga kelgan bo‘lar edi. 

Bundan tashqari yuridik fanning rivojlanishi huquqni qo‘llash amaliyotiga ham 
bevosita bog‘liq. Sudning qabul qilgan qarorlari, huquqni qo‘llovchi va nazorat qiluvchi 
organlarning to‘plangan tajribasini o‘rganish, uni tahlil qilish va huquqni rivojlantirishga oid 
yangi qarashlarning shakllaniga olib keladi.

Fan, texnologiya va amaliyot bog‘lanishi lozim. Xususan, yuridik fanning istiqboli 
bir tomondan amaldagi islohotlarning huquqiy ta’minlash bilan bog‘liq huquqiy qarashlarni 
ishlab chiqarish, nazariy asoslarni yaratish bo‘lsa, ikkinchi tomondan innovatsion xo‘jalik 
yuritish va iqtisodiyotga o‘tishga bevosita bog‘liq. 
NATIJALAR 
Ushbu masala yuzasidan qilingan tahlil va metodik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yuridik 
ta’lim va fan mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, sud-huquq islohotlarini amalga oshirishning huquqiy asoslarini 
yaratishda, mamlakatimizda qonunchilikni ta’minlashda, fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklarini himoya qilishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda munosib hissa 
qo‘shmoqda deb aytish mumkin.
Yuqoridagi malumotlarni quyidagi natijalar bilan qiyosiy tahlil natijasi sifatida aytish 
mumkin.
Birinchidan,
mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan islohotlarni huquqiy jihatdan 
ta’minlash uchun avvalo, yuridik fan integratsiya qilinishi lozim. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlar 
tizimlashtirilgani holda, bir-biriga yaqin va turdosh fanlar umumlashtirilishi kerak.
I
kkinchidan
, amaldagi qonunchilik to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi, birbirini takrorlaydigan 
normalar, qoidalar yoki prinsiplar aniqlanishi lozim. Shuningdek, amalda iste’molda 
ishlatilmaydigan so‘zlar va tushunchalar chiqarilishi kerak. 
Uchinchidan
, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni yaratish uchun bir sohani tartibga 
soladigan normativ-huquqiy hujjatlar bazasida yangi Kodekslar yaratilishi maqsadga muvofiq.
To‘rtinchidan
, huquqiy fanning istiqboli bevosita zamonaviy fikrlaydigan, mustaqil va 
tezkorlik bilan qarorlar qabul qila oladigan, yuridik hujjatlar loyihalarini yarata oladigan, o‘z 
sohasining eksperti hisoblangan huquqshunos kadrlarga bog‘liq. Bugungi yuridik ta’limni tubdan 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 49,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin