2022 Australia, Melbourne 109
umumiy, masalan, odam, xususiy – masalan, Sokrat»
2
8 ta so‘z turkumini qayd etish
XVI-XVII asrlarda kuzatiladi (slavyan tillarida). Bu M.V.Lomonosovning mashhur
«Rossiyskaya grammatika»siga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Keyinroq sifatdosh
sifat turkumi bilan almashtirilgan (Vostokov), undan keyin esa R.P.Pavskiy hamda
F.I.Buslaev bu qatorga son turkumini alohida kiritadilar, XX asrda rus
tilshunosligida so‘z turkumlari qatorida yuklamalar ham mustahkam o‘rin egallab,
bu tizim 10 ta turkumdan iborat tarzida qat’iylashdi
3
. L.L.Bulanin so‘z turkumlarini
ajratish uchun me’zonlarni (kriteriya) belgilashda ma’lum tahlillardan so‘ng
(morfologik va sintaktik birgalikda) semantik va grammatik asosni qayd etadi
4
.
Bunda so‘z turkumi ma’nosi turli xil olimlar tomonidan turlicha terminlar bilan
belgilanganligi qayd etilib («asosiy ma’no» – A.M.Zemskiy; «umumiy, mavhum
ma’no» – A.I.Smarniskiy; «umumlashtirilgan ma’no» – hozirgi zamon rus tili, 1964;
«umumlashgan – mavhumlashgan ma’no» – A.V.Dudnikov; «leksik-grammatik
ma’no» – N.S.Valgina; «kategorial ma’no» – grammatika – 1970; «tasniflovchi
ma’no» – A.N.Tixonov; «grammatik ma’no» – A.N.Gvozdev, Steblin – Kamenskiy)
kelinganligi, lekin bulardan hodisa mohiyatiga ko‘proq «leksik ma’no» termini
tanlanishi o‘z isbotini topdi. Shuningdek, tasniflashda morfologik va sintaktik
me’zonlar birlashtirilgani holda grammatik asos sifatida qayd etilishi ham
to‘g‘ridir
5
.
Umuman olganda so‘z turkumlariga jahondagi barcha tillarda turlicha
munosabatda bo‘lganligi hamda tilshunos olimlar o‘zlarning ilmiy qarashlarini
bayon qilganligiga qisman guvoh bo‘ldik. Maqola davomida turkiy tillarda,
jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham so‘z turkumlariga bo‘lgan ilmiy xusosalardan
bahramand bo‘lamiz.
2
Соцэкгиз М. Античные теории языка и стиля // Цитата: Л.Л.Буланиннинг «Трудные вопросы морфологии»,
«Просвещение». – Москва, 1936. –С. 8.
3
Буланин Л.Л. Трудные вопросы морфологии. – Москва: Просвещение, 1936. –С.8.
4
Буланин Л.Л. Трудные вопросы морфологии. – Москва: Просвещение, 1936. –С.8.
5
Galievich Fazliddin Sharipov “O‘zbek zamonaviy morfologiyasida so‘z turkumlari tasnifining takomillashishi”
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact
Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-
1385-2022-1-230-246