2022 Australia, Melbourne 108 O‘zbek tilida so‘z turkumlari tasnifi masalalari shodiyeva Gulrux Nazir qizi


PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.11.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#68004
1   2   3   4   5
108-113 (1)

PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
 

2022 Australia, Melbourne 
110 
Turkiy tilshunoslikda morfologiyaga oid qarashlar arab tilshunosligi ta’sirida 
IX-XI asrlarda shakllana boshlagan. M.Qoshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk»
6
asarining katta qismini «So‘z yasalishi» va «Morfologiya»ga bag‘ishlangan. 
Asarning 2-jildi asosan olimning morfologiyaga oid qarashlarini o‘zida aks ettirgan. 
Avvalo, olim so‘zlarni uchta turkumga ajratadi va bular ichida fe’l va fe’l shakllari 
bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirib o‘tadi. Professor A.Nurmonov ta’kidlaganidek, 
«M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari X-XI asr turkiy tillar morfologiyasi 
haqida to‘la tasavvur beruvchi qomusiy asardir»
7
. Olim asarda fe’l zamon shakllari, 
masdar (harakat nomi), fe’l mayllari, son shaklining ifodalanishi, hurmat shakli, 
bo‘lishlibo‘lishsizlik, nisbat shakllari haqidagi o‘z qarashlarini bayon qiladi. Turkiy 
tilshunoslikda muallifi noma’lum bo‘lgan va yozilgan o‘rni munozarali holda turgan 
«At-tuxfatuz zakiyatu fillug‘otit turkiya»
8
asarining lug‘atdan keyin berilgan 
grammatika qismi ikki jihatdan ahamiyatli 
1) asarni turkiy tillarning ilk grammatikasi deyish mumkin;
2) solishtirma (chog‘ishtirma) grammatikaning ilk namunasi deyish mumkin 
(A.Nurmonov). Kitobning 29-89-betlari leksik-grammatik ocherk tarzida berilgan 
bo‘lib, asosiy grammatikaga oid ma’lumotlar shu qismdadir. 
Ilmiy morfologiyaning shakllanish tarixi borasida maxsus ishlarda anchagina 
keng ma’lumot berilganligini nazarda tutgan holda, biz, bu o‘rinda holatni keng 
sharhlashni o‘zimizga maqsad qilib olmadik. O‘zbek tili ilmiy morfologiyasining 
shakllanishida S.Usmonovning xizmatlari ham beqiyos. Olimning «O‘zbek tilida 
so‘zning morfologik tuzilishi» kitobi bu boradagi jiddiy tadqiqotlar sirasiga kiradi. 
1976 yilda nashr etilgan “O‘zbek tili grammatikasi” kitobida tilshunoslik 
fanining bir qismi sifatida o‘rganilib, u tilning grammatik qurilishini tekshirishi aytib 
o‘tilgan. Chunki u so‘z va gapning har bir tildagi formal-grammatik tomonlarini-
so‘zning shakl o‘zgarishlarini, so‘z qo‘shishning, so‘z birikmalarining turli 
ko‘rinishlarini, vositalarini va gapning tuzilishini, tiplarini kabi muammolarni 
6
Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. – Toshkent, 1960–1963. II jild. – B. 41–71.
7
Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. – Toshkent, 1960–1963. II jild. – B. 41–71.
8
Фозилов Э., Зияева М.Т. Изысканный дар тюркскому языку. – Тошкент: Фан, 1978. – Б.3–450. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin