2022 Australia, Melbourne 111
o‘rganadi. Lekin grammatika termini tilning grammatik qurilishi ma’nosida ham
qo‘llanib, bu termin keyingi ma’noda ishlatilganda, grammatika fanining tekshirish
ob’ektini ifoda qiladi. Til xususiyatlari uning fonetik, leksik va grammatik
tuzilishida aks etib, hammasi bir butun sistemani hosil qiladi, demak, tilning
grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir:
tilning o‘zaro bog‘langan bo‘laklarning yaxlitligidan iborat bo‘lishi grammatikaning
fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini tilimizdagi so‘zlar orqali
anglanadi. Bundan kelib chiqadiki, tilning hamma tomonlari o‘zaro bog‘langan,
o‘zaro shartlangan bo‘lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismi ekanligi
sezilib turadi. Umuman olganda, grammatika so‘zlarni shakllantiradi, biriktiradi,
ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini namoyon qilib ko‘rsatadi.
Tilshunoslik nuqtai nazaridan, ko‘pgina tillarning grammatik qurilishida
o‘xshashliklar borligini ko‘ramiz, lekin, ikkinchi tomondan, bir oilaga kiradigan
tillarning orasida ham ma’lum farqlar mavjud. Bunda o‘xshashlik nisbatan
sintaksisda seziladi, farqlanish, noo‘xshashlik esa so‘z shakllarida kuchli
hisoblanadi
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Xojiev, I.Rasulov, X.Doniyorovlar
tomonidan nashr etilgan. Hozirgi o‘zbek arabiy tili darsligida so‘z turkumlarni 12
turga bo‘lib mustaqil so‘zlarni - ot, sifat, son, olmosh, fel, ravish; yordamchi
so‘zlarni – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama; bundan tashqari modal so‘zlar, undov
va taqlid so‘zlar tarzida o‘rganganligini ko‘ramiz. Lekin o‘zbek tili
grammatikasining praktikumi
9
kitobida esa so‘z turkumlarni to‘rtta katta gruppaga,
turkumga ajratgan:
1. Mustaqil so‘zlar – ot, sifat, son, olmosh, ravish.
2. Yordamchi so‘zlar – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
3. Undov va taqlid so‘zlar.
4. Modal so‘zlar.
9
O‘zbek tili grammatikasining praktikumi. Toshkent: O‘qituvchi, 1981.