Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1202
w www.oriens.uz June 2022 1-rasm. Autentifikatsiya usullari
Parollar asosida autentifikatsiyalash. Autentifikatsiyaning keng tarqalgan
sxemalaridan biri oddiy autentifikatsiyalash bo’lib, u an’anaviy ko’p martali
parollarni
ishlatishiga
asoslangan.Tarmoqdagi
foydalanuvchini
oddiy
autentifikatsiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Tarmoqdan
foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter klaviaturasida o’zining identifikatori
va parolini teradi. Bu ma’lumotlar autentifikatsiya serveriga ishlanish uchun tushadi.
Autentifikatsiya serverida saqlanayotgan foydalanuvchi identifikatori bo’yicha
ma’lumotlar bazasidan mos yozuv topiladi, undan parolni topib foydalanuvchi
kiritgan parol bilan taqqoslanadi. Agar ular mos kelsa, autentifikatsiya muvaffaqiyatli
o’tgan hisoblanadi va foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va avtorizatsiya tizimi
orqali uning maqomi uchun aniqlangan xuquqlarni va tarmoq resurslaridan
foydalanishga ruxsatni oladi.
Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash sxemasi 2–rasmda
keltirilgan.
Foydalanuvchining parolini shifrlamasdan uzatish orqali autentifikatsiyalash
varianti xavfsizlikning xatto minimal darajasini kafolatlamaydi. Parolni himoyalash
uchun uni himoyalanmagan kanal orqali uzatishdan oldin shifrlash zarur. Buning
uchun sxemaga shifrlash E
K
va rasshifrovka qilish D
K
vositalari kiritilgan. Bu
vositalar bo’linuvchi maxfiy kalit K orqali boshqariladi. Foydalanuvchining
haqiqiyligini tekshirish foydalanuvchi yuborgan parol P
A
bilan autentifikatsiya