2022 boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevna



Yüklə 57,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,46 Kb.
#205233
1   2   3   4   5
boshlang-ich-sinflarda-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishning-afzalliklari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
275 
w
www.oriens.uz
August
2022
 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ 
bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun 
qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish 
bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Olib borilayotgan bu islohotlar o‘qituvchilar va o‘quvchilar oldiga katta talablar 
qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligini 
oshirish hamda maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil qilinishi va u 
orqali o‘quvchilarning turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishlaridir. Bugungi 
kunda taʼlim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion 
texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni 
beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va 
videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak 
beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men 
bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila 
olaman » deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy 
taʼlim berishga intilishi lozim. 
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarga ko‘ra inson ongi ma’lumotlarning 90% ni 
ko‘rish, 9% ni eshitish, 1% ni esa his qilish orqali qabul qilar ekan. Bundan kelib 
chiqqan 
holda 
shu 
narsa ta’kidlanmoqdaki, Axborot kommunikatsion 
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri 
rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, 
jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan 
o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Multimedia texnologiyalarida an’anaviy 
texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va 
harakatlar ko‘rinishida ifodalanilishi o‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq 
intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir 
axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Bu orqali fanga 
bo’lgan qiziqish uyg‘onib, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni 
o’rganishda o‘zi uchun qulay bolgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash 
imkoniyatini beradi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda 
o‘qituvchi dastlab:

darsning maqsadi;

maqsadga erishish yo‘llari;



Yüklə 57,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin