Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
443
w
www.oriens.uz
September
2022
Moliyaviy nazoratning maqsadi – bu shunchaki faqat nazorat emas,
balki uning
maqsadi ahvolni to’g’rilash choralarini ko’rish, ayrim hollarda aybdorlarni
javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida
bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lish
uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul
qilingan standartlardan
chekinishlarni va qonun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning
samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida birinchidan,
davlat va jamoat tashkilotlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
fuqarolar
tomonidan o’z moliyaviy faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib
borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan moliyaviy
harakatlarning iqtisodiy
asoslanganligi va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga
muvofiq kelishini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy
nazorat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida
qonunchilikka rioya etish,
harakatlarni maqsadga muvofiqligini taʼminlashning muhim vositasi bo’lib xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: