Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 446
w www.oriens.uz September 2022 3-rasm. Moliyaviy nazoratning sohalari 4
. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va
maqsadga yo’naltirilgan tizimidir.
Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi
rolni o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy
yo’naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga
bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati yalpi ichki mahsulot taqsimlanishining qiymat
proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan.
Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to’liq va o’z
vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul
resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Bu narsa,
eng avvalo, barcha darajalardagi budjetlar va nobudjet fondlarni ishlab chiqish,
muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va
moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar, umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa,
davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va xususiy hamda korporativ
biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan
moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan
4
Muallif tomonidan tuzilgan.