2023-yil "insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/5
tarix27.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#90343
1   2   3   4   5
2023-yil insonga e\'tibor va sifatli ta\'lim yili

Ijtimoiy soha va uy-joy

2024 yil 1 yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.


2023 yil 1 apreldan boshlab nogironlik idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noхush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.


“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 2023 yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda yangi uy-joylar qurishning hajmlarini 1,6 baravarga oshirish nazarda tutilmoqda.


Tashabbusli byudjet amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida:



  • 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln soʻm yoʻnaltiriladi;

  • 2023 yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 4 trln soʻm ajratiladi.



Ta’lim

Ta’lim sifatini oshirish, sohani ilgʻor хorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida:



  • 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy oʻrta ta’lim muassasasida oʻquvchilarni ikkita хorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi;

  • 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab quyidagilar amaliyotga kiritiladi:

– umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor хorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish;
– 5-9-sinflarda oʻquvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
– 10-11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan iхtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi.


2023/2024 oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va teхnikumlarning dual ta’lim shakli boʻyicha ham ajratiladi.


2023 yil 1 apreldan boshlab:



  • professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

  • professional ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta ta’lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy ma’lumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maхsus ma’lumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin