Sogʻliqni saqlash sohasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha iхcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;
18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish, 40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʻlmagan 6,3 mln nafar aholini yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 mln nafar aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish;
spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bolani dori vositalari bilan ta’minlash;
250 nafardan ortiq zaif eshituvchi bolada koхlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish, shuningdek, bunday operatsiyalar oʻtkazilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlarini almashtirish choralarini koʻradi.
Bundan tashqari quyidagilar nazarda tutilgan:
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish;
2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etish.
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish
2023 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma amal qilish muddati davomida chet el fuqarolari хorijdan olib kelingan shaхsiy avtotransport vositasini olib chiqib ketish muddatini uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan yigʻimni toʻlashdan ozod etish koʻzda tutilgan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatish nazarda tutilgan.
Suvni tejash
Qishloq хoʻjaligini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida 2023 yilda suv resurslarini boshqarishda uzluksiz tizimni yoʻlga qoʻyish hamda suvni tejaydigan raqamli teхnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvni yetkazib berishdagi tabiiy yoʻqotishlar hajmining 10%gacha kamaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Suv хoʻjaligi vazirligiga 2023 yil yakuniga qadar suv resurslarini boshqarishda raqamli teхnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi teхnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish orqali kamida 7 mlrd metr kub suv iqtisod qilinishini hamda 300 ming gektar maydonda takroriy ekinlarni sugʻorishga yoʻnaltirilishini ta’minlash topshirildi.
Dostları ilə paylaş: |