208-guruh Xaytbayeva Shaxlo Usmonaliyeva Ozoda Xoliyorov Lazizbek Mavzu: Milliy tillarning shakllanishi va rivojlanishi. Jamiyatda ilmiy asoslangan til siyosati. Mavzu: Milliy tillarning shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 89,05 Kb.
səhifə5/10
tarix15.11.2022
ölçüsü89,05 Kb.
#69357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Презентация2

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni oʻzbek tilining davlat tili sifatida qaddini roʻy-rost tiklashini, ijtimoiy maqomining yanada barqarorlashuvini taʼminladi. Ana shu farmonning amaliy ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida sotsiolingvistika boʻlimining tashkil etilishi esa davlat tili va jamiyat munosabatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar kengayishi va kuchayishini taʼminladi.Bu boʻlim oʻz faoliyatida oʻzbek tilining rivojlanishi bilan bogʻliq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish, oʻzbek tilining izohli lugʻatlari, davlat tilida ish yuritish boʻyicha qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida eʼtibor beradi.

Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy omillarning tilga taʼsiri, ikkitillilik va koʻptillilik, til siyosati, millat va milliy til muammolari sotsiolingvistikaning muhim vazifalari sanaladi. Shu jihatdan tilning sotsial farqlanishi turli maslak, turlicha kasb-kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi jamiyat aʼzolaridan tashkil topganidan kelib chiqadi va bunga mos ravishda har qaysi ijtimoiy guruhning faol hamda nofaol lugʻat tarkibi boʻladi. Jamiyat aʼzolarining hududiy mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar ijtimoiy guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishiga koʻra, tildan foydalanish tarzlaridir.Shu maʼnoda hozirgi zamon sotsiolingvistikasidan sotsial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yoʻllarini koʻrsatish ham talab etiladi.Zero, adabiy tilni boyitish, oʻzlashma terminlarga milliy muqobillarni topishda sotsial va hududiy dialektlar muhim leksik-semantik manba boʻlishi aniq.


Yüklə 89,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin