Masalan, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, Prezidentimizning «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonining eʼlon qilinishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilishi, Atamalar komissiyasining ish boshlashi shundan dalolatdir.Terminologiyani tartibga solishda vertikal taʼsir choralarining oʻrni ham muhim. Shu maʼnoda oʻtgan asrning 90 yillarida faoliyat koʻrsatgan Atamaqoʻmning terminologiyani tartibga solishdagi xizmati katta boʻlgan. Hozir tilda barqarorlashgan hokim, hokimiyat, devon, vazir, qoʻmita, tuman, viloyat, muallif, tahririyat, muharrir, mavzu, reja soʻzlari oʻsha davrda qayta faollashtirilgan soʻzlardir. Oʻz navbatida, bunday faollashish shu soʻzlarning avvalgi muqobillari — raykom, apparat, ministr, komitet, rayon, oblast, avtor, redaksiya, redaktor, tema, plan soʻzlarining eskirishiga, nofaol qatlamga oʻtishiga olib kelgan. Masalan, “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi, Prezidentimizning «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonining eʼlon qilinishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamentining tashkil etilishi, Atamalar komissiyasining ish boshlashi shundan dalolatdir.Terminologiyani tartibga solishda vertikal taʼsir choralarining oʻrni ham muhim. Shu maʼnoda oʻtgan asrning 90 yillarida faoliyat koʻrsatgan Atamaqoʻmning terminologiyani tartibga solishdagi xizmati katta boʻlgan. Hozir tilda barqarorlashgan hokim, hokimiyat, devon, vazir, qoʻmita, tuman, viloyat, muallif, tahririyat, muharrir, mavzu, reja soʻzlari oʻsha davrda qayta faollashtirilgan soʻzlardir. Oʻz navbatida, bunday faollashish shu soʻzlarning avvalgi muqobillari — raykom, apparat, ministr, komitet, rayon, oblast, avtor, redaksiya, redaktor, tema, plan soʻzlarining eskirishiga, nofaol qatlamga oʻtishiga olib kelgan. Til kishilik jamiyatida fikr almashish, aloqa-aralashuvining eng asosiy vositasidir. U yozma va og‘zaki nutq jarayonida o‘z ijtimoiy vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |