Lingvistik adabiyotlarda til va jamiyat munosabati, tilning sotsial farqlanishi, jamiyatdagi lisoniy vaziyat, til ijtimoiyligi, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy omillarning tilga taʼsiri, ikkitillilik va koʻptillilik, til siyosati, millat va milliy til muammolari sotsiolingvistikaning muhim vazifalari sanaladi. Shu jihatdan tilning sotsial farqlanishi turli maslak, turlicha kasb-kor, turfa aqliy-ruhiy imkoniyatdagi jamiyat aʼzolaridan tashkil topganidan kelib chiqadi va bunga mos ravishda har qaysi ijtimoiy guruhning faol hamda nofaol lugʻat tarkibi boʻladi. Jamiyat aʼzolarining hududiy mansubligi ham, tabiiyki, har xil. Binobarin, sotsial va hududiy dialektlar ijtimoiy guruhlarning maslak, kasb-kor, aqliy-ruhiy imkoniyat va hududiy kelib chiqishiga koʻra, tildan foydalanish tarzlaridir.Shu maʼnoda hozirgi zamon sotsiolingvistikasidan sotsial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yoʻllarini koʻrsatish ham talab etiladi.Zero, adabiy tilni boyitish, oʻzlashma terminlarga milliy muqobillarni topishda sotsial va hududiy dialektlar muhim leksik-semantik manba boʻlishi aniq. . Birgina sud-huquq tizimi leksikasida afv, vaj, garov, gumondor, gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, oʻzlashtirish soʻzlarining ixtisoslashgan, maxsuslashgan yangi maʼnolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini kengaytirishda foydalansa boʻladi. . Birgina sud-huquq tizimi leksikasida afv, vaj, garov, gumondor, gumonlanuvchi, ijrochi, ish, tadbir, oʻzlashtirish soʻzlarining ixtisoslashgan, maxsuslashgan yangi maʼnolaridan adabiy tilni boyitish va rasmiy uslub imkoniyatini kengaytirishda foydalansa boʻladi. Kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlash til ijtimoiyligining birinchi va zaruriy sharti boʻlib, tilshunoslikning barcha davrlarida tilning bu maqomi eʼtirof etilgan. Ammo tilning ijtimoiy tabiati, “sotsial xoslanganligi uning qabila, xalq, millat tarixini, umuman, insoniyat oʻtmishini oʻzida saqlashida ham koʻrinadi”. Jamiyat aʼzolarining tilga munosabati, tildan qanday foydalanishi, jamiyatdagi oʻzgarishlarning tilga taʼsiri ham til ijtimoiyligidan begona emas. Oʻzbek tili tarixiy taraqqiyotida oʻzi mansub jamiyatning faol taʼsirida boʻlgan, oʻzbek turmushidagi oʻzgarishlar, mentalitetiga taʼsirlar tilda oʻz izini qoldirgan. Masalan, arab xalifaligi va islom taʼsirida arabcha birliklar oʻzlashgan, oʻzlashtirilgan. Yoki moʻgʻul hukmronligi moʻgʻulcha til unsurlari kirib kelishiga zamin boʻlgan. Jadidchilik harakatining yoyilishi bilan arabiy oʻzlashmalarni turkchalashtirishga ham kirishilgan.Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida ming-minglab soʻzlar rus tilidan yoki uning vositachiligida boshqa tillardan oʻzlashtirilgan, chet soʻzlarni olishning muayyan modellari qabul qilingan. Buni birgina -iya, -siya qoʻshimchasi bilan tugaydigan soʻzlar misolida koʻrish mumkin
Dostları ilə paylaş: |