birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o`qitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo`lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - o`quv dasturlarini mustaqil ravishda o`zlashtirishni o`z ichiga olib, uning yakunlari bo`yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o`tish;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi (Ta’lim inspektsiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko`proq etibor qaratilgan:
ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
pedagogik xodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar bo`yicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
to`rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o`quv jarayoniga o`quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog`liq masalalar tartibga solingan. O`qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspektsiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish – Ta’lim inspektsiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o`tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o`tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o`tgan tashkilotlar maxsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspektsiyasining saytiga joylashtiriladi;
xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to`g`risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostilь qo`yish. Tan olish va apostilь qo`yish ham Ta’lim inspektsiyasi vakolatiga kiradi;
b) Ta’lim inspektsiyasi quyidagilarga haqli:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;
ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to`g`risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to`g`risidagi sertifikatini bekor qilish.
Qonundagi eng muhim o`zgarishlarni sanab o`tmoqchiman:
Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi printsipi kiritilmoqda;
11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o`rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o`rnatilmoqda;
Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’limning amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda;
Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilanmoqda:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy, dual);
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o`qitish va ularga ta’lim berish;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibida ta’lim olish.
Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilanmoqda;
Bakalavriat yo`nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 yil etib belgilanmoqda;
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to`g`risidagi hujjat berilishi mumkinligi belgilanmoqda;
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo`lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir vakolatlari bekor qilinmoqda;
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish taqiqlanmoqda;
Chet davlatlari va O`zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun bilan ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar qo`yilishi mumkinligi belgilanmoqda.