21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Hozirgi davrda ko’plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlarini niqob qilib olgan holda faoliyat yuritayotganlarini ko’rish



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə18/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
21 bilet

Hozirgi davrda ko’plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlarini niqob qilib olgan holda faoliyat yuritayotganlarini ko’rish mumkin.

Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog’lash») muayyan sharoitda, biron-bir g’oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo’ladi.

Mutaassiblik (arab. – «g’uluv ketish», «chuqur ketish») o’z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to’g’riligiga o’ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g’oyalarning tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ro’yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.


Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. SHu o’rin qayd etish joizki, ko’p manbalarda «aqidaparastlik» so’zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so’zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.
Mutaassiblik va g’uluv Qur’oni karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday ko’rinishi qat’iy rad etilgan. Jumladan, «Moida» surasida shunday deyiladi:
«Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo’ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi» (Moida, 87).
Payg’ambarimiz (alayhis-salom) ham o’zlarining qator hadislarida diniy masalalarda haddan oshganlar noto’g’ri yo’lda ekanini ko’p bor ta’kidlab, ularning aksariyati Allohning g’azabiga uchrab, halok bo’lganini aytib o’tganlar. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Albatta, din osonlikdir. Kim dinda chuqur ketsa, u yengiladi», deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom) «Dinda chuqur ketadiganlar halok bo’ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo’ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo’ldi», (Imom Muslim rivoyati) deb uch bora takror aytganlarining o’zidan ham mutaassiblik va g’uluvning naqadar yomon illat ekanini ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin