21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə20/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
21 bilet

Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.

«Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og’ir jinoyatlardan bo’lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.

Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishi o’tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo’lib o’tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag’ishlangan konferentsiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo’q qilish maqsadida biror bir vositani qo’llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi.

Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko’proq uchragan bo’lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko’plab tasodifiy kishilarning qurbon bo’lishiga olib keladigan qo’poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo’lganlardan ko’ra, uning guvohlariga qaratilgan.

Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:

  • xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;


  • Yüklə 1,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin