21 bilet O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə24/47
tarix20.09.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#145633
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
21 bilet

«Akromiylar»ning bosh g’oyasi – islomiy boshqaruv shaklidagi davlatni barpo etish hisoblanib, buning uchun bosqichma-bosqich harakat qilish, avval Farg’ona vodiysida xalifalik tuzumi barpo etish va keyinchalik uni mintaqaning boshqa hududlariga yoyish maqsad qilingan.

Akrom Yo’ldoshev «ilk diniy saboqlar»ini aynan «Hizbut-tahrir» uyushmasida olganligi bois, o’z shaxsiy ta’limotini yaratishda harakatning nazariy va amaliy fikrlaridan yiroqlasha olmagan. SHu bois, «Hizbut-tahrir» adabiyotlaridan foydalangan holda o’n ikki darsdan iborat «Imonga yo’l» nomli kitobi orqali o’z «diniy falsafiy» qarashlarini baën qiladi. Sekin-asta o’z atrofiga xayrixoh bo’lgan kishilarni yig’ib, mazkur kitob asosida darslar tashkillashtirgan va «Akromiylar» jamoasini shakllantirgan.


Harakat siyosiy hokimiyatga erishishning 5 ta – «sirli», «moddiy» («iqtisodiy»), «ma’naviy» («siyosiy»), «uzviy maydon» va «to’ntarish» («oxirat») bosqichiga asoslanadi. So’nggi ikki bosqich jamiyat «islomlashtirilgan»dan so’ng amalga oshirilishi va u orqali hokimiyatni butunlay egallash rejalashtirilgan.

«Akromiylar» o’zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida, tadbirkorlik bilan shug’ullanganlar hamda yangi a’zolarni asosan qarindoshlar hisobiga o’zlarining savdo do’konlari, sartaroshxona, novvoyxona, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik va mebelь ishlab chiqarish tsexlariga ishga jalb qilish orqali kengaytirishga harakat qilganlar. «Akromiylar» yangi a’zolarga ertayu kech mavjud tuzumning kamchiliklari, o’zlarining go’yoki siyosatdan yiroq, kichik bo’lsada, haqiqiy «birodarlar jamoasi» muhitining «go’zal» jihatlarini uqtirib borish orqali ruhiy ta’sir o’tkazishga harakat qilganlar. Bunda ular hokimiyatni qo’lga olish bilan bog’liq rejalarini jamoaning asosiy qismidan sir tutganliklari hamda yangi tarafdorlar ularni siyosatga aloqasi yo’q deb bilganlari bois singdirilayotgan fikrlarga ko’nikib boraverganliklarini ko’rsatadi. Bu yo’ldagi amaliy da’vat uslubi boshqa mutaassib kuchlar yondashuvidan farqli bo’lib, ommaga mafkuraviy tuzoq qo’yishga asoslangan.


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin