21.1-rasm. Davlat moliyaviy nazoratiningmuhimvazifalari137 Rasmda ko`rsatilgan ro`yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini chegaralash mushkul. Chunki moliyaviy qonunchilikning o`zgarishi bilan moliyaviy nazoratning vazifalari ham o`zgaradi va aniqlashtiriladi.
Masalan, budjet islohotlarining dastlabki bosqichlarida davlat moliyaviy resurslarini maksimal darajada iqtisod qilish asosida budjet taqchilligining o`rnatil-
gan darajasini ta‘minlash ustidan qattiq nazorat olib borish davlat moliyaviy nazorati-ning muhim vazifalaridan biri bo`lgan bo`lsa, islohotlarning bugungi bosqichidagi davlat moliyaviy nazoratining vazifalaridan biri – ajratilgan mablag`lardan maqsadga muvofiq samarali foydalanish, ularning iqtisodiyotning ustuvor yo`nalishlariga va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi tarmoqlariga safarbar etilishi ustidan qat‘iy nazoratni olib borishdan iborat bo`lmoqda.
Ma‘lumki, mamlakatimizda oxirgi 10 yillar davomida budjet nazorati «Budjet tizimi to`g`risida»gi, «Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risida»gi qonunlar asosida amalga oshirib kelindi. Ushbu qonunlar yurtimizda budjet qonunchiligining umumiy huquqiy asoslarini, davlat budjetining shakllanish va tuzilish prinsiplari, uni ko`rib chiqish, qabul qilish va bajarish tartibini belgilab berdi, shuningdek, unda davlat budjeti daromadlarining shakllanishi hamda sarflanishi, davlat budjeti mablag`lari operatsiyalarini amalga oshirishda hisobga olish va hisobot, nazorat prinsiplari mustahkamlab qo`yildi. «Davlat budjeti g`azna ijrosi to`g`risida»gi qonun esa davlat budjetini g`aznachilik asosida ijro etish tartib-qoidalarini belgilab berdi. 2014 yilga kelib bu qonunlarni takomillashtirish talabidan kelib chiqqan holda «Budjet Kodeksi» qabul qilinib, 2014 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritildi.
Ushbu Kodeksning IX bo`limi «Budjet tizimi budjetlarining ijrosini nazorat qilish» deb nomlangan bo`lib, unda belgilab qo`yilishicha, «Davlat moliyaviy nazorati budjet to`g`risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan buzilishini aniqlash, bartaraf etish va ularga yo`l qo`ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi»138.
Umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolat-larga ega bo`lgan ixtisoslashgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat turlarini qamrab oladi:
budjet-moliya nazorati; soliq nazorati;
bojxona nazorati; valyuta nazorati;
pul muomalasi nazorati.
Nazoratning bu turlari ichida alohida o`rin egallaydigani budjet-moliya nazorati hisoblanadi. Budjet-moliya nazorati barcha darajadagi budjetlarning, davlatning budjetdan tashqari fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslari-ning qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta‘minlaydi. Nazoratning bu turini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi nazorat-taftish boshqarmasi, Moliya vazirligi G`aznachiligi kabi ixtisoslashgan operativ boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Davlat moliyaviy nazorati (22.2-rasm):