21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə5/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
15-mavzu

21.5-rasm.Budjet -moliya nazorati turlari142

Nazoratning bu shakli xo`jalik operatsiyalarining budjet yilining boshlanishi-dan oldinoq qonunlar va me‘yoriy hujjatlar talablari buzilishining oldini oladi. Masalan, moliya organlari har budjet yilining birinchi choragida barcha budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarining to`g`ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o`z vaqtida ro`yxatdan o`tkazilishi ustidan dastlabki nazoratni o`tkazadilar. Umuman, amaldagi qonunchilikka asosan, budjet mablag`larini ishlatish yuzasidan olib boriladigan operatsiyalar ustidan dastlabki va joriy nazorat bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning joylardagi hududiy bo`linmalari, Moliya vazirligi G`aznachiligi (davlat budjetining g`azna ijrosini amalga oshirish chog`ida) organlariga yuklatilgan.

142Malikov T., Vahobov D., Moliya: chizmalarda. O`quv qo`llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2010. 85-bet 307
Joriy moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish chog`ida, budjet ssudalari va subsidiyalarini ajratish paytida, ajratilayotgan moliyaviy mab-lag`larning rejaviy ko`rsatkichlarga muvofiqligini aniqlashda amalga oshiriladi. Nazoratning bu shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan ajratilgan va sarflana-yotgan mablag`larning o`zlashtirib olinish, suiste‘mol qilish holatlarining oldini oladi, moliyaviy intizomga rioya qilishni, pullik hisob-kitoblarning o`z vaqtida amalga oshirilishini ta‘minlaydi. Bunda buxgalteriya hizmatlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. Yaxshi yo`lga qo`yilgan joriy nazorat moliyaviy resurslarni iqtisod qilish imkonini beradi.
So`nggi moliyaviy nazorat hisobot davri va moliyaviy yil tugagandan so`ng amalga oshiriladi. So`nggi nazorat hisobot yilida mablag`larning ishlatilishi, rejaviy ko`rsatkichlarning bajarilishi, daromad va xarajatlar smetasining bajarilishi, budjet limitlari va normativlariga rioya qilinganligi, buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni va yakuniy moliyaviy natijalarni tahlil va taftish qilish asosida o`tkaziladi. Ko`p hollarda so`nggi nazorat natijalari keyingi moliyaviy yil yoki davr uchun dastlabki nazoratga zamin yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini o`zida jamlaydigan budjet tizimi budjetlari ijrosini nazorat qilish jarayonlari sifat va samaradorlik nuqtayi nazaridan doimiy takomillashuvga muhtojdir. Bu jarayonlarning ham nazariy, ham tashkiliy-huquqiy asoslarini o`rganishning zarurligi o`z dolzarbligini hali-beri yo`qotmaydi.


Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin