21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə14/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-mavzu

22.1-rasm AQSh da mavjud shtatlar ro`yxati151

AQShda quyi budjetlarga maqsadli shartli va shartsiz moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Shartsiz moliyaviy yordamning bir ko‘rinishi budjetlar o‘rtasida daromadni tenglashtirish dasturi hisoblanadi, unda qonunda nazarda tutilgan formulaga muvofiq iste‘mol xarajatlari va fiskal imkoniyatni inobatga olgan holda transfertlar ajratiladi. Hozirda federal budjet tomonidan maqsadsiz moliyaviy yordam shakli ko‘rsatilmaydi, garchi, shartsiz moliyaviy yordam shtatlar tomonidan mahalliy budjetlarga keng miqyosda foydalanilayotganiga qaramasdan.
Maqsadli moliyaviy yordam 2 turdagi grant ajratish shaklida ko‘rsatiladi. Birinchi turi — blok-grantlar — etarli darajada keng miqyosdagi xarajatlar spektriga ega va manbaalarni qayta taqsimlashda ma‘lum cheklovlar asosida moliyalashtirishga ajratiladi. Blok grantlarning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot va boshqa turdagi moliyalashtirish sohalarga ajratilgan.
Budjetdan maqsadli moliyalashtirishning ikkinchi shakli bo‘lib kategoriyali grantlar hisoblanadi va ular alohida xarajatlar dasturini moliyalashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Davlat va mahalliy qarz munosabatlari asosiy usuli bo‘lib shtatlar va mahalliy organlar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarni muomalaga kiritish va ularning cheksiz aylanishi hisoblanadi. Bu holda, qimmatli qog‘ozlardan olingan foizli daromad federal daromad solig‘idan ozod etilgan bo‘ladi, ya‘ni daromad solig‘i solinmaydi.

151 http://www.government.ru -интернет сайти маълумотлари 323
AQSh budjet tizimining eng muhim yana bir jihati shuki, federal hukumat o‘zidan quyi bo‘g‘in organlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yuzasidan hech qanday javobgarlikni olmaydi.
Kanada federativ davlat. Hozirda Kanadada 12 ta federatsiya sub‘ekti mavjud bo‘lib ulardan 10 tasi provintsiyalar va 2 tasi hudud hisoblanadi. Shuningdek Kanadada 5000 ta mahalliy shakldagi shaharlar, qishloqlar, taunshiplar, grafliklar va maxsus xizmat ko‘rstatish rayonlari mavjud. Federal hukumat urush va tinchlik, mudofaa, tartibni saqlash, milliy davlat qarzi va davlat mulkini boshqarish, pul kredit va bank tizimi, savdo tijorat munosabatlarini ustidan nazorat ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek federal organlar vakolatiga davlat miqyosidagi har qanday soliqqa tortish masalalari kiradi.
Kanada budjet tizimi federativ tizimga mos kelgan holda davlat boshqaruvida har bir bo‘g‘indagi hukumat o‘ziining mustaqil budjetiga ega. Federal budjet daromadlar bazasi turli xil soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan iborat. Provintsiyalarning daromadiga esa soliq to‘lovlari, federal budjetdan olingan budjetlararo transfertlar kiradi.
Kanadada 1962 yildan boshlab federatsiyalar sub‘ektlari o‘rtasida (Kvebekdan tashqari) soliqlar yig‘imi to‘g‘risida shartnoma imzolangan va kuchga kirgan. Bu kelishuvga ko‘ra har bir provintsiya federal soliq tushumidan umumiy provintsiyalar uchun yagona bo‘lmish hududdan o‘ziga tegishli ulushni olish huquqini qo‘lga kiritgan. Shuningdek provintsiyalar o‘z hududida federal soliq stavkalarini oshirish huquqiga ham egalar, sababi budjet daromadlari tarkibida qo‘shimcha soliq tushumlarini ko‘paytirish. Bu tartibda jismoniy shaxslardan daromad solig‘i, korporatsiyalardan daromad solig‘i tovar va xizmatlarga soliq (QQS o‘rniga) soliqlari oshirilishi mumkin. Bundan tashqari budjet provintsiyalari daromadlariga mol mulk va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
Turli xil bo‘g‘inlarning boshqaruv organlari xarajatlari konstitutsiyada mustahkamlangan. Shunday qilib federal boshqaruvi quyidagi: mudofaa, xalqaro munosabatlar, sanoat siyosati va ilmiy tadqiqotlar sohalarini moliyalashtirishi belgilangan. Provintsiyalar budjeti esa davlat ta‘limi, sog‘liqni saqlash va mahalliy xizmatlarni moliyalashtirishlari ko‘zda tutiladi. Ikkala budjet tizimi bo‘g‘ini ham mahalliy darajadagi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi kabi sohalarda xarajat majburiyatlarini birday o‘z bo‘yinlariga olishadi. Shuningdek federal hukumat ijtimoiy ta‘minot sohasidagi xarajatlar yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
Federal budjetdan provintsiyalar budjetiga moliyaviy yordam maqsadli va maqsadsiz transfert ko‘rinishida ajratiladi. Bu borada 1997 yilgacha quyi bo‘g‘inlar budjetlariga federal moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun 3 ta dastur amalda bo‘lgan, bular: maqsadsiz transfertlar – budjet daromadlarini muvofiqlashtirish uchun, transfertlar – tasdiqlangan dastur moliyalashtirilishi asosida va moliyaviy qo‘llab quvvatlash rejasi asosidagi moliyaviy yordam. Maqsadsiz transfertlar provintsiyalar budjetiga daromadlarini tenglashtirish maqsadida ajratiladi. Budjetni muvofiqlashtirish tamoyili esa Konstitutsiyada mustahkamlangan. Maqsadli transfertlar provintsiyalar budjetiga olingan mablag‘larni o‘rta ta‘lim va sog‘liqni saqlash xarajatlarini qoplash maqsadida tasdiqlangan dastur asosida

324
moliyalashtirishga ajratiladi. Moliyaviy yordam bolalar bog‘chasi, nogironlar uyi, boshqa ijtimoiy va tibbiy yordam muassasalariga, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri nogironlarga, iishsiz va qari yoshdagi boquvchisini yo‘qotganlarga ajratiladi.


Kanadada budjet defitsitini moliyalashtirish uchun bir qancha qarz munosabatlari manbalari mavjud. Federal budjetlar uchun bu – ichki va tashqi qarz qimmatli qog‘ozlari bozori, shuningdek Kanada pensiya dasturidan olingan kreditlar.
Hududiy normativ aktlarga asosan yuqori budjetlardan farqli o‘laroq mahalliy budjet xarajatlari faqat joriy xarajatlar bo‘yicha balanslashtirilishi talab etiladi. Shunday qilib mahalliy organlar hukumati kapital xarajatlar bo‘yicha defitsitni qoplash maqsadida qarz manbaalarini jalb etish huquqiga egalar.
Germaniya Federativ budjeti tizimi o‘ziga xos bir qancha jixatlari va farqli xususiyatlari bilan ajralib turadi, xususan federal budjetning keng miqyosdagi huquqlari va butun federatsiya uchun yagona soliq tizimining amal qilishi, umuman bir qancha asosiy sohalardagi savollar yagona qonunchilik tizimi orqali echim topishi ko‘p jihatdan unitar davlatlarga xos budjet tizimiga o‘xshash tizim qurilganligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda davlat organlari minimal ijtimoiy standartlardan emas balki yurt aholisi yashash sharoiti tengligi printsipidan kelib chiqqan holda ish olib borishadi. Shunga qaramasdan GFR federatsiya bo‘lib kelmoqda va uning tarkibida 16 ta sub‘ekt – federal er hamda mahalliy tartibdagi budjetlar mavjud.
GFR federal organlari zimmasida mudofaa, xalqaro munosabatlar, fuqarolik munosabatlari, emmigratsiya va immigratsiya, valyuta siyosati, moliyalashtirish va federal transportni nazorat qilish, pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini bajarish yotadi. Federal erlar vakolati doirasiga madaniyat, ta‘lim, yustitsiya va jamoat tartibi, sog‘liqni saqlash va shuningdek hududiy iqtisodiy siyosat masalalarini nazorat qilish kiradi. Mahalliy organlar boshqaruvi vakolatiga esa kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash mahalliy muassasalari, sprot, uy, yo‘l va maktablar qurilishi kiradi. Ijtimoiy siyosat va infrastruktura ob‘ektlari qurilishiga oid xarajatlar barcha bo‘g‘inlardagi budjetlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek xarajatlar vakolatini quyi bo‘g‘inlar budjet tizimiga o‘tkazish tendentsiyasi ham kuzatilgan. Bugungi kunda mahalliy budjetlardan davlat kapital xarajatlranining 2/3 qismi moliyalashtiriladi, shundan moliyalashtirishning yirik qismi yuqori budjetga o‘tkazilgan.
Asosiy soliqlar bo‘yicha tushumlar turli xil bo‘g‘indagi budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i federal va hududiy budjetlar bo‘yicha teng ulushda (42,5 % dan) va qoldiq (15%) mahalliy budjetga o‘tkaziladi. GFR da qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy nazorat solig‘i rolini o‘ynaydi, chunki xarajatlar qayta taqsimlanganda federal va hududiy budjetlar QQS umumiy tushumi miqdori o‘zgarishi katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Germaniya budjet tizimiga 3 pog‘onali budjetlararo muvofiqlashtirish tizimi taaluqli hisoblanadi. Birinchidan federatsiya sub‘ektlari o‘rtasida QQS tushumi bo‘yicha muvofiqlashtirish: federal erlar budjeti QQS tushumining 25 % i barcha erlar o‘rtasida taqsimlanadi.

325
Budjetlararo muvofiqlashtirishning ikkinchi ko‘rinishi sifatida budjet resurslarining federal erlar budjetlari o‘rtasida taqsimlashni federal hukumat aralashuvisiz bajarish.


Hududlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashning uchinchi ko‘rinishi bo‘lib ba‘zi hududlarga ajratiluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri federal grantlari hisoblanadi.
Turli xil bo‘g‘inlardagi budjetlar defitsitni moliyalashtirish maqsadida turli qarz majburiyatlari jalb etishi mumkin biroq Maastrixt kelishuviga asosan belgilangan qat‘iy cheklovlar asosida resurslar jalb etiladi. Bu kelishuv shartlari GFR konstitutsiyasida belgilangan limitga asosan federal budjetning rejali budjet xarajatlariga investitsiya maqsadida ajratiladigan qarz mablag‘lariga cheklovlardan kelib chiqib tuzilgan.
GFR Davlat va mahalliy budjetlariga quyidagi belgilar muvofiq keladi, ya‘ni federal budjet qarzlari to‘liq obligatsiyalardan tarkib topgan bo‘lsa federal erlar va mahalliy budjetlarning budjeti moliyaviy resurslarni bank krediti shaklida jalb qilishgan, natijada GFRda munitsipial obligatsiyalar bozori mavjud emas. Shunday qilib kreditlar jalb etishni boshqarishda mahalliy bo‘g‘in bir nechta muammolarga duch keladi, birinchidan, munitsipial budjetlar uchun ssuda kapitali bozorining yo‘qligi va bozor narxlari bilan qarz stavkalari muvofiqligini nazorat qilishning qiyinligi, ikkinchidan, munitsipial organlar muassisi bo‘lgan jamg‘arma banklaridan olinadigan kreditlarning oldini olish mumkin emasligi.
Buyuk Britaniya budjet tizimi ikki bug‘indan iborat: 1)Davlat budjeti ;
2) Mahalliy budjetlar;
Buyuk Britaniya ma‘muriy-hududiy munosabatlarda Angliya, Uels, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyaga bo‘linadi. 1973-1975 yillarda Buyuk Britaniyada mahalliy hokimiyat organlarining islohotlari o‘tkazildi, natijada uch bug‘inlining o‘rniga ikki bug‘inli mahalliy hukumat organlarining boshqaruv tizimiga o‘tildi: Graflik va Okrug asosida ajralish.
Islohotlar mahalliy ma‘muriy birliklar funktsiyalari va tuzilishiga mazmunan o‘zgartirishlar olib keldi. Angliya va Uels hududi 369 Okrugni o‘z ichiga oluvchi 53ta Graflikka ajraldi. Masalan, London o‘zining boshqaruv tizimiga ega bo‘lib unga Siti rayoni va 23ta munitsipialititlar kiradi. Grafliklar ichida bir-biriga yaqin bo‘lganlarini o‘z ichiga oluvchilari mavjud: Mersisayd, Katta Manchetser, G‘arbiy Medlend, Janubiy va G‘arbiy Yorkshir, Taynsayd. Natijada mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning qayta qurilishi mahalliy budjetlar sonini ancha qisqartirdi, ularning hajmi kengaydi, ijtimoiy funktsiyasi kuchaydi. Mahalliy boshqaruv funktsiyalari ichki tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan Graflar kengashi va Okrug kengashi o‘rtasida bo‘lib chiqilgan. Har bir kengash Mer, uning o‘rinbosari, maslahatchilar, katta sheriff va boshqa oqsoqollardan tashkil topgan. Mahalliy boshqaruvdan tashqari u yoki bu sferani boshqarish uchun ta‘sis etilgan yanada katta boshqaruv mavjud. Mahalliy organlarning bu o‘zaro munosabatlarini erarxiyamas balki sherikchilik sifatida ko‘rish mumkin.
Budjet jarayoni. Buyuk Britaniya budjet tizimining har bir bo‘g‘ini o‘z budjetini mustaqil tuzadi, ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va ijrosini amalga oshiradi.

326
Shuning uchun tegishli organlar faoliyatini tashkil qilishda ma‘lum bir farqlar mavjud. Bularning hammasi joylarda va markazda budjet jarayoniga alohida yondashishni talab qiladi.Unda yagona yaxlit bir budjet mavjud emas, mahalliy organlar budjeti ajratilgan. Davlat budjeti milliy daromadning 50%iga yaqin qismini o‘z ichiga olgan xolda Buyuk Britaniya budjet tizimining etakchi bo‘g‘ini hisoblanadi.


Buyuk Britaniya davlat budjetini iqtisodiy prognozlar va kelajakda soliqqa tortish bo‘yicha taxminiy o‘zgarishlarni ifodalovchi moliyaviy reja sifatida ko‘rish mumkin.
U ikki qismdan iborat:
Konsolidatsiyalashgan Fond; Milliy Zayomlar Fondi;
Davlat budjeti resurslarining asosiy qismi joriy kirim qilingan mablag‘lar va ularning chiqib ketishi hisobini o‘zida aks ettiruvchi Konsolidatsiyalashgan Fond orqali shakllantiriladi. Milliy Zayomlar Fondi esa kapital saqlovchi budjetdir.
Konsolidatsiyalashgan Fond daromadlarining xarajatlardan oshgan qismi Milliy Zayomlar Fondining daromadlar qismiga kiritiladi. Agar Konsolidatsiyalashgan Fondda defisit bo‘lsa, u Milliy Zayomlar Fondidan olinadigan ssudalar evaziga defisitni qoplaydi va mana shuncha summaga davlatning ichki qarzi oshadi.
Konsolidatsiyalashgan fond – moliya vazirligining Angliya bankidagi alohida schyotidir. Bu schyotdan mablag‘lar faqatgina Parlamentdagi va Jamoat Palatasidagi alohida qarzdorlikni nazorat qiluvchi shaxslar – Nazoratchi va Bosh auditor yoki Bosh nazoratchi va revizorning ruxsati bilan ajratiladi. Parlamentning ruxsatisiz olingan har qanday mablag‘lar noqonuniy hisoblanadi va ular joyiga qo‘yilishi shart.
Konsolidatsiyalashgan Fondning asosiy daromadlari soliqlardan bo‘lib, u jami daromadning 95%ini tashkil qiladi. Uning xarajatlari esa 2 guruhga bo‘linadi:
Parlament tomonidan har yili tasdiqlanadigan xarajatlar;
Parlamentga bog‘liq bo‘lmagan xolda fondning taklifiga ko‘ra alohida xizmatlar uchun xarajatlar;
Tasdiqlangan xarajatlarga : mudofaa, sanoat, qishloq xo‘jaligi boshqaruv apparatini saqlash, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, hukumat mahalliy organlariga subsidiyalar, rivojlanayotgan tarmoqlarga yordam berish va boshqa xarajatlar.
Doimiy xarajatlar fondi orqali davlat qarzlari bo‘yicha foizli to‘lovlar to‘lanadi, madaniy xarajatlar va Evropa Ittifoqi fondlariga ajratmalar kabi xarajatlar amalga oshiriladi. Xarajatlar summasi chegaralangan o‘sish tendentsiyasiga ega. Soliqli kirimlarning doimiy o‘sishi mumkin bo‘lmagan bir sharoitda xarajatlarning o‘sishi hukumatni zayomlar chiqarishga majbur qiladi.
Tuzilishi bo‘yicha zayomlar davlat ichida muomalada bo‘luvchi hukumat qimmatli qog‘ozlari hamda tashqi qarzlarni to‘lashda muomalada bo‘ladigan G‘aznachilik obligatsiyalari va veksellariga bo‘linadi. Zayomli mablag‘larning asosiy qismi hukumat qimmatli qog‘ozlariga to‘g‘ri keladi.
Milliy Zayomlar Fondining daromadlar qismi davlat korxonalari va mahalliy organlaridan olingan, ularni kengaytirish uchun G‘aznachilik tomonidan berilgan

327
uzoq muddatli kreditlarning foizli to‘lovlari, Angliya bankining emissiya departamentining foydasi va Konsolidatsiyalashgan Fonddan olinadigan mablag‘lar asosida shakllantiriladi.


Milliy Zayomlar Fondining xarajatlari davlat qarzlari foizli to‘lovlari va ularni boshqarish hamda davlat kapitali kiritilgan davlat korporatsiyalari va mahalliy hukumat organlariga uzoq muddatli kreditlar berishdan iborat.
Yuqorida takidlanganidek, Buyuk Britaniya davlat budjeti xarajatlari va daromadlarini taasdiqlovchi yagona qonun ko‘rinishigagi budjet mavjud emas. Har yili budjet masalalarini tartibga soluvchi 2ta moliyaviy qonun ishlab chiqiladi. «Moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun bo‘lib, uning predmeti davlat xarajatlari hisoblanadi.
« Moliya to‘g‘risida»gi qonun davlat daromadlari va ularning manbalarini o‘zida aks ettiradi.
1 apreldan boshlanadigan va 31 martda tugaydigan (1854 yildan boshlab) moliya yili davomida davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarni doimiy nazorat qilish maqsadida «Konsolidatsiyalashgan Fond to‘g‘risida»gi qonunda davriy qo‘shimchalar kiritilib turiladi. Davlat daromadlari davlat korporatsiyalari faoliyatidan olinadigan daromadlar, zayomlar chiqarish orqali mablag‘ jalb qilish va soliqlar orqali shakllantiriladi. Shulardan jami daromadning 90%ini soliqli daromadlar tashkil qiladi.
Buyuk Britaniya hukumati Parlamentning ruxsatisiz yangi soliqlar joriy qilish, davlat mablag‘lari xarajatlarini amalga oshirishga haqli emas. Davlat budjetining loyihasi G‘aznachilik tomonidan tuziladi. Har yili 1-oktabrda loyihani tuzish uchun deportamentlar tomonidan ichki daromadlar, ya‘ni bojxona yig‘imlari, aktsizlardan keladigan daromadlar smetasini, vazirliklar va mahkamalar esa xarajatlari smetasini taqdim qiladilar. Barcha xarajatlar va daromadlar davlat budjetida belgilangan tartibda klassifikatsiyalanadi.
Xarajatlar smetasi G‘aznachilik va Vazirlar mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Amaliyotda budjetning xarajatlar qismi va soliqqa tortishda Qirolichaning o‘rni muhim hisoblanadi. Qirolicha boshqaruv funktsiyasini hukumat nomidan amalga oshiradi. Moliyaviy ehtiyojlar tug‘ulganda hukumat g‘azna daromadlari uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar manbalarini izlab topish va ularni G‘aznaga qabul qilish vazifasi yuklatilgan Jamoat Palatasiga murojaat qiladi.
Hukumat mablag‘larning ishlatilishi haqida bayonot bermaydi, Jamoat Palatasining ham Hukumatning budjet taqdimotini ko‘rib chiqishga haqqi yo‘q. Budjet taqdimoti har yili moliyaviy muammolar bo‘yicha tavsiyalar beruvchi va budjet bo‘yicha nutq so‘zlovchi G‘azna tomonidan Jamoat Palatasigataqdim qilinadi. G‘azna Kantsleri G‘aznachilik xayati tarkibiga kiradi. Hayat bir qancha lordlardan tashkil topgan: G‘aznachilik birinchi lordi, ya‘ni Premer-Minitser, Kantsler, Moliya vaziri va bir qancha g‘aznachilik kichik lordlari.
G‘aznachilik Kantsleri bir vaqtning o‘zida Jamoat Palatasining ham a‘zosi hisoblanadi va moliyaviy xarahterdagi majburiyatlarni ado etuvchi yagona mansabdor shaxs hisoblanadi. Budjet taqdimoti ya‘ni vazirlik va markaziy idoralarning smetalarini Buyuk Britaniya hukumati nomidan qabul qiladi.

328
Davlat xarajatlari va daromadlarini muvofiqlashtirish uchun choralar ko‘rish maqsadida G‘aznachilikda ma‘lum bo‘limlar tashkil etilgan. Ularning funktsiyalari soliqqa tortish va boshqa daromad manbalarini tartibga solish, «Oq kitob» deb nomlanuvchi davlat xarajatlari rejasini tuzish hamda davlat xarajatlarini 15 yillik davr uchun prognoz qilish kabilardan iborat. G‘azna Kantsleri Jamoat Palatasiga o‘tgan yil uchun informatsiyalar beradi. Shuningdek, yangi moliyaviy yil uchun zarur bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning taxminiy bahosini, yangi o‘rnatiladigan soliqlarni ko‘tarish, tushurish yoki shu xolicha saqlash to‘g‘risida ham Jamoat Palatasiga tavsiyalar beradi. Budjet loyihasini tuzishda davlat xarajatlarini belgilash bo‘yicha Vazirliklararo qo‘mita hamda budjet loyihasini tuzish uchun berilgan tavsiyalarni qayta ishlovchi Vazirliklar qo‘mitasi ham ishtirok etadi.
Buyuk Britaniya davlat budjetini qabul qilishda asosiy jarayonlardan biri bu «Moliyalashtirish to‘g‘risida»gi va «Moliyalash to‘g‘risida»gi qonunlarning Parlament tomonidan alohida muhokamaga qo‘yilishi va qabul qilinishidir. Budjet loyihasi Jamoat Palatasining barcha Qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qirolichaning nutqidan so‘ng Jamoat Palatasining navbatdagi sessiyasida budjetning xarajatlar qismini tasdiqlash uchun muhokamaga qo‘yiladi.
Budjetning xarajatlar qismi loyihasiga quyidagilar kiradi:
Joriy yilga kiritlgan va keying moliya yiliga ham kiritiladigan asosiy smetali taqdimotlar;
Bo‘nak sifatida amalga oshiriladigan xarajatlar; Joriy moliya yiliga qo‘shimcha xarajatlar smetasi; Me‘yordan oshib ketgan xarajatlar smetasi;
Budjetning xarajatlar qismini ko‘rib chiqish uchun 5-avgustgacha 25 sessiya kuni ajratiladi.
Budjetning xarajatlar qismi moddalar bo‘yicha muhokama qilinadi va har bir modda uchun alohida qaror qabul qilinadi. Davlat xarajatlarining umumiy smetasi bir necha davrlarda belgilanadi. Dastlab, yangi moliya yiligacha yoki «Moliyalash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinguncha bo‘lgan zaruriy xarajatlar smetasiga mablag‘lar ajratiladi. Bu mablag‘ iyul oyining oxirida tasdiqlanadigan asosiy ajratmalardan bo‘nak sifatida qaraladigan xarajatlar smetasining bir qismini ma‘qullash natijasida ajrariladi.
Bundan tashqari 3ta alohida sanalar nazarda tutiladi: Birinchidan, joriy yil uchun 10-fevraldan kechikmay qo‘shimcha «qishki» xarajatlar smetasi taqdim etilishi shart. Ikkinchidan, 18-martgacha Mudofaa Vazirligining alohida xarajatlar smetasi, «bahorgi» qo‘shimcha xarajatlar smetasi va belgilangan me‘yordan oshib ketgan xarajatlar smetasi belgilanishi shart. Uchunchidan, Harbiy va fuqorolik mahkamalarining muhim bo‘lgan xarajatlari moddasini muhokama qilish uchun biror kun belgilanadi.
Jamoat Palatasining ruxsatisiz hech bir xarajatlar kreteriyasi «Moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga kiritilmaydi. Shu bilan birga, Jamoat Palatasi moliyalashtirish maqsadini o‘zgartirishga va xarajatlar smetasini oshirishga haqqi yo‘q. U faqatgina joriy moliyalashtirishni mutlaqo bekor qilishi, talab qilinayotgan summani kamaytirishi mumkin. Jamoat Palatasining qarorida talab qilinayotgan

329
mablag‘lar summasi, uni etkazish vaqti va moliyalashtirish yo‘nalishi ko‘rsatilishi kerak. Budjetning xarajatlar qismi bo‘yicha qaror Jamoat Palatasi tomonidan maqullangach, u har yili qabul qilinadigan «Moliyalashtirish to‘g;risida»gi qonunga kiritiladi va belgilangan xarajatlar Konsolidatsiyalashgan Fond mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.


Qirolichaning nutqidan so‘ng, biror belgilangan vaqtda budjetning daromadlar qismi Jamoat Palatasida muhokaaga qo‘yiladi. Allaqachon maqullangan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini tasdiqlash uchun Jamoat Palatasi Mablag‘lar va ularning yo‘nalishi bo‘yicha qo‘mita sifatida majlis o‘tkazadi. Bu Qo‘mitaning asosiy funktsiyasi soliqqa tortish masalalarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ovozga qo‘yishdan iborat.
Qo‘mita qarorlari quyidagi vaziyatlarda zarur: Yangi soliqlarni o‘rnatish;
Amal qilayotgan soliqlarning muddatini cho‘zish; Soliq tsavkasini oshirish;
Soliq to‘lovchilar safini kengaytirish; Soliq imtiyozlarini o‘rnatish;
Davlat zayomlarini chiqarish.
Joylarda mahalliy budjetlarni tayyorlash muddatlari har xil bo‘lishi mumkin. Bu Komessiyalar sini va tuzulishiga, ularning yig‘ilish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Moddalar bo‘yicha mahalliy budjet 2 metoddan iborat bo‘lishi mumkin: «Moliyaviy xizmat» ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlar asosida to‘liq rejani tayyorlash;
« Boshqa xizmatlar» o‘zlari rejalar tuzib chiqadi, «Moliyaviy xizmat» esa yakuniy natijalarning umumiy summasini hisoblab chiqadi;
Mahalliy budjet daromadlari: Buyuk Britaniya mahalliy budjetlarining daromadlari mahalliy soliqlar, soliqsiz daromadlar, Buyuk Britaniya hukumatining , zayomlar va kreditlar hisobiga shakllanadi. Bir qancha mahalliy soliqlar mahalliy hokimiyatlarning faoliyatini amalga oshirishi va o‘z xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari davlat xo‘jalik jarayonlarini tartibga solishda mahalliy soliqlarning fiskal ahamiyati katta. Mahalliy hokimiyat organlari soliqlarni yig‘ib yig‘ilgan mablag‘larni ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Shu yo‘l bilan ular mahalliy xo‘jalik va ijtimoiy tarmoq rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Tarixan shakllangan mahalliy soliq bu yagona soliq hisoblanadi.
Soliqlarni yig‘ish va ularni hisoblab chiqish bilan Okrug kengashi shug‘ullanadi. Soliq har doim belgilangan miqdorda, funt stserlingda ifodalanadi. Yig‘ilishi kerak bo‘lgan soliqlar miqdori, joriy yildagi xarajatlar, haqiqiy daromad, Buyuk Britaniya hukumatidan beriladigan subsidiyalar va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Mahalliy soliqning stavkasi hamma hududda har xil bo‘ladi: shahar joylarda balandroq, qishloq joylarida esa pastroq. Bu soliqlar davlat korporatsiyalaridan ham olinadi.
Mahalliy boshqaruv organlarining boshqa daromadlari quyidagilardan iborat: mahalliy organlarga tegishli mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish, masalan,

330
Kengashga tegishli turar joyni, umumiy ko‘ngil ochar joylarni, jihozlar parkini yoki dengiz qirg‘oqlarini foydalanishga berish, mahalliy organlarga tegishli bo‘lgan poezd transportidan keladigan daromadlar. Mintaqa mulkidan foydalanganlik uchun renta daromadlarning juda muhim shakli bo‘lib, sezilarli miqdorda soliqqa qo‘shimcha sifatida to‘lanadi. Kengashga tegishli uylardan foydalanganlik uchun renta alohida hisobga olinadi. Aralash daromadlar guruhiga turli litsenziyalash uchun to‘lovlar, bundan tashqari jarimalar, masalan, kutubxona kitobini vaqtida qaytarmaganligi uchun (bu huquq 1964 yil «Jamoat kutubxonalari va muzeylari to‘g‘risida»gi qonunga asosan) jarima undiriladi.
Davlat budjetidan mahalliy budjetga beriladigan subsidiyalar mahalliy daromadlarning muhim qismi bo‘lib, bu ularning davlat budjetiga aloqador bug‘in ekanligini ko‘rsatadi.
Berish maqsadiga ko‘ra subsidiyalar 2 guruhga bo‘linadi: 1.Umumiy subsidiyalar
2. Maxsus subsidiyalar
Umumiy maqsadlar uchun aratilgan subsidiya dotatsiya deyiladi va mahalliy budjet kamomadini qoplash hamda boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Umumiy subsidiya ya‘ni dotatsiya mahalliy hokimiyat uchun juda ma‘qul bo‘lib, bu «eng yaxshi mablag‘ manbai»dan foydalanishda mutloq erkinlikka ega bo‘ladi.
Maxsus maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya subventsiya ham deyiladi va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan maqullangan, aniq belgilangan xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Bugungi kunga kelib dotatsiyalarning ko‘p qismi transport, temir yo‘l qurilishi, militsiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga ajratiladi. Atrof-muhit himoyasi bilan shug‘ullanuvchi davlat sektori Graflar kengashiga dotatsiyalarni jamoat transporti bilan bog‘liq ishlar uchun, jumladan, yo‘llarning xolatini yaxshilash, ko‘chirish ishlari, transport turar joylari bilan ta‘minlash, yo‘llarni asrash kabi xarajatlar uchun ajratiladi.
Ajaratiladigan dotatsiyalarning 50% Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi tomonidan politsiyani saqlash va mahalliy organlar boshqaruvi bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladi. Mahalliy soliqlarga qo‘shimcha ravishda joriy chiqimlarni moliyalashtirish uchun beriladigan dotatsiya 3 qismdan iborat bo‘ladi: Zaruriy, tenglashtirilgan va kompensatsiyalashgan.
Zaruriy dotatsiya hududiy birlikning aholi soniga bog‘liq bolalar va studentlar soniga qarab ajratiladi.
Tenglashtiruvchi dotatsiya mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy aloqalarini tartibga solish uchun ajratiladi.
Kompensatsiyalashgan dotatsiya mahalliy soliqlarni mustaqil o‘rnatish huquqiga ega bo‘lgan barcha mahalliy hokimiyatlarga ajratiladi, bunda agar soliq birdaniga ko‘tarilib ketsa barcha og‘irlik ko‘chmas mulk egalariga tushadi, davlat dotatsiya orqali buning oldini oladi.
Boshqa sohalarga dotatsiyalar quyidagi xarajatlar uchun ajratiladi: fuqarolar xavfsizligini taminlash, shaharlarni tiklash, tashlandiq erlarni qayta tiklash, o‘zlashtirish, qonun-qoidalarni ishlab chiqish xarajatlari uchun beriladi.

331
Zayomlar ham Buyuk Britaniya mahaliy budjet daromadlarida muhim rol o‘ynaydi. Ular uzoq, o‘rta va qisqa muddatli bo‘ladi. Ularning ko‘p uchraydiga qismi uzoq muddatli hisoblanib, ular bo‘yicha foiz to‘lovlari, hukumat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida chiqariladigan zayomlarga nisbatan balandroq bo‘ladi. Pul bozorida ular hukumat zayomlari bilan bir vaqtda muomalada bo‘ladi. Lekin mahalliy organlar o‘zlarining qarz operatsiyalarida mustaqil emas. Masalan, Buyuk Britaniya mahalliy hokimiyat organi kapital qurilishni moliyalashtirish uchun zayom chiqarmoqchi, buning uchun Hududiy rivojlanish vazirligidan yoki Shotlandiya davlat sekretariyatidan, Katta London kengashi esa Parlamentdan ruxsat olishlari kerak.
Mahalliy budjetlar xarajatlari. Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda budjet mablag‘laridan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi. Asosan shu kabi daromad keltirmaydigan loyihalarni moliyalashtiradilar. Bu birinchi navbatda ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlardir.
Iqtisodiy infratuzilmaga quyidagi xarajatlar kiradi: bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi energiya xo‘jaliklari, yo‘l qurulishi, transport, suv ta‘minoti, sanoatni tashkil qilshish uchun hududlarni tayyorlash, uy-joy qurulishi. Ijtimoiy sahaga esa: ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog‘liq sohalar, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot kabilar kiradi.
Mablag‘lardan foydalanish xarakteriga ko‘ra moliyalashtirish xarajatlari manbalari ham joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Joriy xarajatlar mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lgan mulklardan foydalanish va ularning kundalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqimlarni o‘z ichiga oladi.
Budjetdan kapital qo‘yilmalar turar joy qurilishi, axborot, aloqa va boshqa boshqa ob‘ektlarga xarajatlarni ko‘zda tutadi. Bunday yo‘nalishdagi xarajatlar dastavval ikkinchi jahon urushidan keyin xo‘jalikni qayta tiklash zarurati bilan bog‘liqdir.
Budjetdan kapital qo‘yilmalarning asosiy vazifasi xizmatlar uchungina erishish maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan aktivlarni jalb qilish rejasini belgilash hamda investitsion aktivlarni boshqarish instrumentini asoslashdir.
Davlat kapital qo‘yilmalari va joriy xarajatlari birgalikda xazmatlar ko‘rsatish chegarasidagi mahalliy darajadagi siyosatni belgilaydi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1 . Xorijiy mamlakatlarda budjet tuzilishi asoslarini izohlab bering. 2. Xorijiy mamlakatlarda budjet jarayonini izohlang.

Mavzu yuzasidan topshiriqlar

1 . Xorijiy mamlakatlarning budjet tizimiga oid taqdimot tayorlang.
2. Biror bir xorijiy davlatning daromadlari va xarajatlariga doir mustaqil ish tayyorlang.

332
Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin