21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə12/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-mavzu

22.2-rasm. Budjet tuzilishining tarkibi150

B udjet tuzilishining asosini mamlakatdagi davlat tuzilishi shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat budjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o`rni belgilab beradi.


Unitar davlatlarda odatda, ikki pog`onali budjet tizimi shakllangan bo`ladi:
davlat budjeti (bu bo`g`in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, davlat budjeti, markaziy budjet, respublika budjeti, hukumat budjeti kabi);
mahalliy (munitsipal) budjetlar.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog`onali budjet tizimi shakllangan bo`lib, quyidagi bo`g`inlardan iborat:
federal budjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat budjeti, markaziy budjet, federal budjet);
federatsiya subyekt(a‘zo)larining budjetlari; mahalliy (munitsipal) budjetlar.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda budjet tuzilishi modellari shakllangan:
markazlashmagan (nomarkazlashgan) model; markazlashgan model;
aralash model.

150 Nurmuxamedova B. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 116-bet 320
Budjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlash-gan) modelida markaziy va mahalliy budjetlar avtonom (mustaqil) bo`lib, ularning har biri o`z xarajatlarini to`liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo`ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy budjet barcha mahalliy budjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi.

B udjet tuzi hining har qanday
Budjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy budjetning o`z xarajatlarini qoplashga mo`ljallangan o`z daromad manbalari mavjud bo`lgani holda, har bir yuqori turuvchi budjet o`zidan quyi turuvchi budjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajaradi.
m odeli y budjetlarlis o`rtasidagi o`zaro Fiskalfederalizmi i federal nhukumat
munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida sohasidagi vakolatlarining o`zaro quyidagi uchta holatning mavjudligiga taqsimlanishi.
asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning
barcha darajalarida xarajat vakolatlarining справочник. - М.:Вузишкола.Л. П.Кураков и aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu др. 2004.
vakolatlarni to`liq bajarish uchun har bir
darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta‘minlangan bo`lishi; uchinchidan, budjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomu-tanosiblikni budjet transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida davlat xizmatlari-ning bir xildagi standartini ta‘minlash. Lekin jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, hech bir mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini yaratishga muvaffaq bo`linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy omillar ta‘sirida dunyoda turlicha budjet tizimlari shakllangan bo`lib, ular bir-biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko`p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona hisoblangan modellarga ham zid keladi.
Federativ davlatlarda mahalliy budjetlar federatsiya a‘zolari budjetiga kirmaydi, o‘z navbatida federatsiya a‘zolari budjeti esa federal budjetga kirmaydi, ya‘ni barcha bosqichdagi budjetlar alohida (mustaqil) faoliyat olib borishadi va daromadlar va xarajatlar yuzasidan yuqori budjetlar tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarga misol qilib Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Germaniya, Hindiston, Braziliya, Kanada va Meksika davlatlarini olishimiz mumkin.
Federatsiyalar unitar davlatlardan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: Birinchidan, turli xil davlat tuzumiga ega birliklardan (respublika, shtatlar,
provintsiyalar, erlar, kantonlar va b.), federatsiyalar sub‘ekti bo‘lmish va o‘zining hududiy boshqaruv bo‘linishiga ega bo‘lgan davlat.
Ikkinchidan, yuqori organlar ikkita tizimi federatsiya a‘zolari organlari mavjud bo‘lishi talab etiladi, federatsiya a‘zolari organlari va federatsiya organlari. Federal organlar o‘zining funktsiyalari va vazifalarini mamlakatning barcha hududida bajaradi, federal sub‘ektlar tashkilotlari esa faqat o‘z hududlari yuzasidan faoliyatini amalga oshirishadi. Markaz va sub‘ektlarning biriktirilgan vazifalari va turli xil cheklovlar konstitutsiyada mustahkamlangan yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Shunga

321


o‘xshash cheklovlar ikki xil usulda: ayrim davlatlarda (Braziliya, Meksika, Kanada) federal markaz va sub‘ektlar cheklangan kompetentlik orqali biriktirilsa, boshqa davlatlarda (Rossiya, Hindiston, Germaniya) cheklangan kompetentlik bilan bir qatorda birgalikdagi markaz va regionlar kompetentsiyalari ham biriktiriladi. Bundan tashqari, ba‘zi bir davlatlarda, xususan Rossiya Federatsiyasida markaz va aniq federatsiya sub‘ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy vazifalarni chekloviga doir ikki tomonlama shartnoma mavjud. Turli xil Federatsiya sub‘ektlari vazifalari hajmiga bog‘liq ravishda simmetrik va asimmetrik turlarga bo‘linadi. Simmetrik federatsiyalarda sub‘ektlar teng huquqli, asimmetrik federatsiyalarda aksi (Rossiya).
Uchinchidan, Federatsiya sub‘ektlari o‘zining konstitutsiyasiga (konstitutsion ustaviga), qonunchilik tizimiga, ba‘zan sud hokimiyatiga (Rossiyada bunga yo‘l qo‘yilmaydi) ega bo‘lishi mumkin. Bu holda ularga o‘zlarining hududiy pullarni kiritishga va qurolli kuchlarni tashkil etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
To`rtinchidan, Davlat boshqaruvi ikki palatali federal parlament yordamida amalga oshiriladi, yuqori palata federatsiya sub‘ektlari vakillaridan tarkib topgan bo‘ladi va ularni qiziqishlarini o‘zida ifoda etadi.


Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin