21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə10/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-mavzu

22.1. Xorijiy mamlakatlarda budjet tizimi

Budjet tuzilishining qanday bo`lishi mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga va markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlario`rtasida vakolatlar taqsimotiga bog`liq. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari (xorijiy mamlakatlardagi shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o`lkalar, yerlar kabi) o`rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko`ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo`linadi. Unitar va federativ davlat tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan (3.1-rasm).
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o`z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga (avtonomiyaga) ega bo`lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo`lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Fransiya, Italiya, Vengriya, Qozog`iston, Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O`zbekiston kabi davlatlar kiradi.147
Federatsiya davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi. Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a‘zosi (subyektlari) bo`lgan davlat tuzilmalaridan (shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki avtonom respublikalar va b.) tarkib topadi.

147Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug`at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – T.: «O`zbekiston» nashriyoti, 2006-yil. - 584-bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
317
D avlat tuzilishi shakllari


Konfederativ davlat

Ma‘lum siyosiy mustaqillikka ega bo‘lgan davlatlar ittifoqi


Federativ davlat

Bir necha davlat tuzilmalari birlashib, yagona ittifoq davlatini tashkil qiluvchi davlat tuzilishi
Unitar davlat

Davlat hududida federativ birliklar bo‘lmagan, lekin ma‘muriy-hududiy birliklari mavjud bo‘lgan davlat





Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin