21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə11/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-mavzu

22.1-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari148

Ularning har biri o`z ma‘muriy-hududiy bo`linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida o`z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat ko`rsatadi. Federatsiya a‘zolari (subyektlari) o`zining sud organlari va boshqa adliya organlariga ham ega bo`ladi, o`z konstitutsiyasi va qo-nunlarini qabul qiladi.149Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Fe-derativ Respublikasi, AQSH, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya kabi davlatlar kiradi.
Konfederatsiya nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya davlatlar birlash-masi yoki ittifoqi bo`lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o`z mustaqilligini to`la saqlab qoladi, o`zining hokimiyat, boshqaruv va adliya organlariga ega bo`ladi. Konfederatsiyaga a‘zo davlatlar o`z faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qo`shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat‘iy belgilangan sohalarda faoliyat ko`rsatadi va qat‘iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) maqsadlarni ko`zlaydi. Konfederatsiyaga ba‘zan davlatlarning federatsiyaga birlashish sari tutgan yo`lidagi oraliq bo`g`in, deb ham qaraladi.
Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi(MDH)da ham mavjud.
Federatsiya va konfederatsiyaning asosiy farqlari:
– Federatsiyaning huquqiy asosi dastlab shartnoma, keyinchalik esa konstitutsiya bo‘ladi; Konfederatsiyaning huquqiy asosi bo‘lib faqat shartnoma maydonga chiqadi.
– Federatsiya - davlat-huquqiy maqomdagi tashkilot, buning natijasida esa yangi davlat vujudga keladi; Konfederatsiya esa xalqaro-huquqiy ittifoq bo‘lib, davlat sifatida qabul qilinishiga hali erta.

148 Nurmuxamedova B. Moliya. O`quv qo`llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 117-bet.
149 Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug`at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev – T.:»O`zbekiston» nashriyoti, 2006-yil. – 584-bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
318
– Federatsiya hududi yagona maqomga ega; Konfederatsiya esa yagona hududga ega bo‘lmaydi, uning hududi mazkur ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududidan tashkil topadi.
– Federatsiya yagona fuqarolik o‘rnatilgan, Konfederatsiyada esa yagona fuqarolik mavjud emas, lekin konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga yaqinligini ta‘minlab beruvchi normalar o‘rnatilishi mumkin.
– Federatsiyada davlat hokimiyati(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati)ning yagona organlari mavjud; Konfederatsiya bunday organlarga ega emas, u yerda faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin.
– Federatsiyada umumiy huquqiy aktlarning federatsiya subyektlari aktlaridan ustunligi prinsipi amal qiladi; Federatsiyada federal organlar tomonidan federatsiya subyektining aktini direktiv yo‘l yoki nizoni ko‘rib chiquvchi konstitutsiyaviy nazorat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan tartib mavjud.Konfederatsiyada esa uning muvofiqlashtiruvchi organi chiqargan qaror konfederatsiya a‘zolarining organlari qarorlari orqali qabul qilinadi. Bu qarorlar yo ratifikatsiya qilinadi yoki boshqa yo‘l bilan tan olinadi. Bunda konfederatsiya a‘zolari umumiy qarorlarni o‘zlari uchun majburiy deb tan olmasliklari mumkin.
– Federatsiyalarda yagona qurolli kuchlar mavjud. Faqat ayrim holatlardagina federatsiya a‘zolariga ayrim qurolli kuchlarga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi. Lekin ular baribir yagona qurolli kuchlar tarkibiga kirar edi (masalan, sobiq Sovet Ittifoqining siyosiy tarixidagi ayrim davrlarni olsak, ittifoqdosh respublikalarga harbiy qo‘shinga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi). Konfederatsiyada esa unga kiruvchi davlatlarning mustaqil armiyalari mavjud, ular umumiy qo‘mondonlik asosida birlashtirilishi mumkin. Davlatlarning kelishuviga binoan turli davlatlarning harbiy kontingentlaridan tashkil topgan yagona armiya tuzilishi mumkin, lekin davlatlar o‘zlarining qurolli kuchlarini ham saqlab qolish huquqiga ega.
– Federatsiyada yagona soliqlar mavjud bo‘lib, ularni federatsiya to‘liq ravishda o‘rnatishi mumkin, bundan tashqari federatsiya soliq va moliya siyosati borasida ustuvor va andozaviy normalarni o‘rnatishi mumkin. Konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlat o‘z soliqlari va moliya tizimiga ega bo‘lib, Konfederatsiya mablag‘larining manbasi sifatida unga kiruvchi a‘zolarning badallari hisobga olinadi.
– Federatsiyada yagona pul tizimi mavjud bo‘lib, barcha hududda amal qiladi. Konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlatda o‘z valyutasi mavjud, to‘g‘ri, pul tizimlari bu holatda bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin.
– Federatsiya yagona iqtisodiy siyosat yoki uni yagona markazdan boshqarish qoidalariga ega. Konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjud bo‘lishi mumkin, lekin yana Konfederatsiya a‘zolarining ixtiyoriy tan olishi orqali.
Budjet tuzilishi mamlakatning davlat budjetini, uning bo`g`inlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjet tizimi budjetlari tarkibi va tuzilmasini, budjet mablag`larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (22.2-rasm).

319





B udjet tuzilishi


Davlat budjeti

Budjet tizimi

Budjetlararo munosabatlar shakllari
Budjet tasnifi

Budjet munosabatlari-ning huquqiy asoslari
Davlatning ixtiyoridagi markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi

Davlat boshqaruvining barcha pog‘onalariga mos keluvchi turli darajadagi budjetlar yig‘indisi



Budjet jarayonida turli darajadagi budjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar majmuyi
Budjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni qoplash manbalarining turli belgilariga ko‘ra guruhlanishi

Davlat boshqaruvining har bir pog‘onasida budjet jarayonida sodir bo‘ladigan budjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me‘yoriy hujjatlar yig‘indisi





Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin