21-mavzu. Budjet na



Yüklə 6,06 Mb.
səhifə8/14
tarix19.12.2023
ölçüsü6,06 Mb.
#184665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
15-mavzu

21.8-rasm.O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tuzilishi

Moliya vazirligi G`aznachiligining budjet ijrosini nazorat qilishdagi faoliyati. Dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti va ijtimoiy taraqqiyotida sodir bo`lgan va asoratlari hali-xanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror o`sish sur‘atlarini ta‘minlashga yo`naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo`ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o`sishni rag`batlantirishga yo`naltirilgan fiskal siyosat


312
yuritish masalasi markaziy o`rinni egallamoqda. Shu bilan birga «umumiy iqtisodiy muvozanatni ta‘minlashga yo`naltirilgan yaxlit davlat siyosati bilan bog`liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog`liq bo`lmoqda». Bu instrumentlar ichida budjet siyosati instrumentlari, xususan, budjet ijrosi ustidan davlat nazoratini o`rnatish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati paydo bo`lmoqda .
O`zbekiston Respublikasida budjet ijrosini nazorat qilish mexanizmlari haqida so`z borar ekan, avvalo, mamlakatimiz budjet qonunchiligiga tayangan holda, «Budjet ijrosi nima?» degan savolga javob berishga harakat qilamiz.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosibudjet to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan, budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta‘minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog`liq operatsiyalar-ni hisobga olishni nazarda tutadi146.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g`azna ijrosi yo`li bilan amalga oshiriladi. G`azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag`lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlikning muhim belgi-laridan biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotgani hisoblanadi. Xususan, keyingi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo`lsa-da, soliqlar bo`yicha prognoz ko`rsatkichlarining ortig`i bilan bajarilishi hamda davlat budjeti xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanishining ta‘minlanishi natijasida budjet profitsit bilan ijro etilmoqda. Buni quyidagi rasm ma‘lumotlaridan ko`rishimiz mumkin.
Budjet ijrosini tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag` oluvchilar uchun shaxsiy g`azna hisobvaraqlari ochiladi.
Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag` oluvchilar o`z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag`larni moliya yili tugaguniga qadar sarflaydilar.
Budjet qonunchiligiga muvofiq, mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsiz-likni, ichki tartibni saqlash bilan bog`liq xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo`shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo`shimcha vaqt davri bo`lib, bu davr mobaynida o`tgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qo`shimcha vaqt davridagi ijrosi bo`yicha operatsiyalarni o`tkazish tartibini va eng kech muddatlarini belgilaydi.
Budjet Kodeksining 117-moddasida budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi nimalarni o`z ichiga olishi ko`rsatilgan bo`lib, budjet tizimi budjetlari daromad qismining ijrosi quyidagilarni o`z ichiga oladi:

146O`zbekistonRespublikasiBudjetKodeksi, VIIbo`lim, 19-bob, 109-modda. 313
- tushumlarni Yagona g`azna hisobvarag`iga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritish;
- tushumlarni budjet tizimining budjetlari o`rtasida taqsimlash;
- ortiqcha yoki noto`g`ri to`langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni to`lash evaziga hisobga olish;
- hisob va hisobot.
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlariga daromadlarni yig`ishga vakolatli bo`lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to`g`ri hisoblab chiqilishi, to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
Budjet Kodeksining 120-moddasiga ko`ra, budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi:
- yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro`yxatdan o`tkazish va hisobga olish;
- kassa xarajatlarini amalga oshirish, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o`tkazish;
- hisob va hisobot.
Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag`lar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilar faoliyat ko`rsatishini ta‘minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Budjet ijrosi jarayonida budjet tashkilotlari va budjetdan mablag` oluvchi-larga turli darajadagi budjetlardan budjet mablag`larini ajratishga yo`l qo`yilmaydi.
Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag`lar quyidagi holatlarda kamaytiriladi:
1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag`larning:
- budjet tashkilotlarining tarmog`i, shtatlari va kontingentlari bo`yicha reja bajarilmaganligi;
- budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to`ldirilmaganligi;
- kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag`lar moliya yili yakuni bo`yicha to`liq o`zlashtirilmaganligi;
- budjet tashkiloti va budjet mablag`lari oluvchilar faoliyati to`xtatib turilganligi, to`xtatib turilgan davr uchun;
2) davlat moliyaviy nazorati bo`yicha tadbirlar davomida aniqlangan, budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratiladigan mablag`larning;
3) qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag`lar miqdorlarining qisqartirilishi;

314
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining;


5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to`lash uchun mo`ljallanib, zarurat qolmagan summalariga kamaytiriladi.
Moliya, budjet, soliq intizomiga rioya qilishda va budjet mablag`larining maqsadga muvofiq ishlatilishida ko`psonli salbiy holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda budjet ijrosi ustidan davlat nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko`rsatmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo`qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo`lmasin.
Respublikamizda davlat moliyasini isloh qilish davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dastur davlat moliyaviy resurslarini oqilona boshqarish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalari mablag`larining samarali ishlatilishini nazorat qilish, budjet ijrosining shaffofligini ta‘minlash, mablag`larning aniq manbalar bo`yicha shakllanishi va aniq maqsadlar bo`yicha ishlatilishini ta‘minlashni nazarda tutadi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bugungi kunda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyaviy ta‘minlash va davlat mablag`laridan foydalanish ustidan nazorat o`rnatish ishida g`aznachilik tizimi juda muhim o`rin egallaydi. G`aznachilik davlat mablag`larini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga ko`maklashadi. Chunki G`aznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri budjet mablag`larining maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi.
G`aznachilik o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablag`larini boshqarishda, davlat budjeti mablag`larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda G`aznachilikka ko`mak-lashishlari shart.
Davlat budjetining ijrosi to`g`risidagi hisobot G`aznachilik tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat budjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi G`aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg`ar-malarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat budjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarning yagona rejasi va budjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat budjeti g`azna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarining yagona rejasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G`aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to`langan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar summalari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona g`azna hisobraqamidan yoki G`aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi.
Shuningdek, budjet ijrosining so`nggi nazoratini Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo`linmalari o`zlariga yuklatilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar. NTB tomonidan amalga oshiriladigan nazorat

315
i shlari belgilangan reja asosida mustaqil ravishda, yoki huquq tartibot organlarining topshiriqlariga asosan olib boriladi.




Yüklə 6,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin