210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazoning qo‘llanilish xususiyatlari



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə19/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
mjtk 210

38-modda. Karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazoning qo‘llanilish xususiyatlari
Qamoqqa olinganlar quyidagilar uchun karserga kiritib qo‘yilishi mumkin:
qamoqda saqlanayotgan boshqa shaxslarga zulm qilganlik va ularni haqorat qilganlik;
qamoqda saqlash joylari xodimlarining yoki boshqa shaxslarning qonuniy talablariga itoat etmaganlik yoxud ularni haqorat qilganlik;
ajratib qo‘yishni ta’minlash talablarini bir necha marta buzganlik;
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ta’sir doirasiga tushadigan huquqbuzarlik sodir etganlik;
ushbu Qonunda va ichki tartib qoidalarida taqiqlangan narsalarni va moddalarni saqlaganlik, tarqatganlik, iste’mol qilganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun.
Karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazo ilgari ogohlantirish yoki hayfsan tarzidagi ikkita va undan ortiq intizomiy jazo qo‘llanilgan qamoqqa olinganlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazo homilador ayollarga va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, shuningdek birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Karserga kiritib qo‘yish qamoqda saqlash joyi boshlig‘ining qarori va shifokorning qamoqqa olinganning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra karserda turishi mumkinligi haqidagi yozma xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Qamoqda saqlash joyining boshlig‘i tibbiy ko‘rsatuvlarni inobatga olgan holda karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazoning ijrosini kechiktirish, karserda saqlash muddatini qisqartirish yoki qamoqqa olinganni karserdan muddatidan ilgari ozod qilish huquqiga ega.
Agar qamoqqa olingan kechiktirish davrida yangi qoidabuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, u karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazodan ozod qilinishi mumkin.
Yuqori turuvchi mansabdor shaxs, prokuror yoki sud karserga kiritib qo‘yish tarzidagi intizomiy jazo asossiz yoxud u sodir etilgan qoidabuzarlikka nomutanosib bo‘lgan hollarda intizomiy jazoni yengillashtirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
Ushbu moddaning qoidalari qamoqqa olingan harbiy xizmatchilarni intizomiy jazo sifatida gauptvaxtalardagi bir kishilik kameraga kiritib qo‘yishda ham qo‘llaniladi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin