210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə12/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
mjtk 210

231-modda. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining qamoqda saqlash joylariga borishi
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaning sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish hamda tahlil qilish uchun o‘z vakolatlari doirasida qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Qamoqda saqlash joyining ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlariga ularning o‘z vazifalarini bajarishi va tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 81-moddasi.
24-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning ovqati
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli bo‘lgan bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
Qamoqda saqlash joylaridagi ovqat normalari ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning sog‘lig‘i holatiga hamda yoshiga, shuningdek qamoqqa olinganlar jalb etilishi mumkin bo‘lgan ishning xususiyati va og‘irligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushlab turilgan va qamoqqa olingan homilador ayollarga va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, voyaga yetmaganlarga, shuningdek bemorlarga, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi.
25-modda. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish
Qamoqqa olinganlar ichki tartib qoidalarida belgilanadigan ro‘yxatga va miqdorga muvofiq o‘z shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish yo‘li bilan sotib olish huquqiga ega.
26-modda. Moddiy-maishiy ta’minot
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga qonunchilikda belgilangan sanitariya, gigiyena hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar shaxsiy kiyim-boshi va poyabzalidan foydalanadi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarda zarur mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda ularning iltimosiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ularga jinsi hamda iqlim sharoitlari inobatga olingan holda kiyib yurishga ruxsat etilgan mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga alohida yotoq joyi, ko‘rpa-to‘shak, idishlar hamda ovqatlanish asboblari beriladi. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarda zarur mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra, ularga yakka tartibdagi gigiyena vositalari (kamida sovun, tish chyotkasi, tish pastasi yoki poroshogi), soqol oladigan asbob yoki shaxsiy gigiyena vositalari (ayollar uchun) ham beriladi.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan kameralar ventilatsiya jihozlariga hamda isitish tizimiga, shuningdek ko‘zga ziyon yetkazmaydigan holda o‘qish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sun’iy yorug‘likka ega bo‘lishi kerak. Kameralarning derazalari sun’iy ventilatsiya tizimi mavjudligidan qat’i nazar, toza havo kirishini ta’minlashi lozim.
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar saqlanadigan kameralar radioeshittirish vositalari bilan jihozlanadi.
Qamoqqa olinganlarning cho‘milib-yuvinishi, choyshab va yostiqjildlarini almashtirish yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Qamoqda saqlash joylarida bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar va voyaga yetmaganlar uchun esa uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamda belgilanadi. Ushlab turilgan va qamoqqa olingan bemorlar, shuningdek homilador ayollar va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Qamoqda saqlash joylarida yashash maydoni normasi belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena va qurilish normalari hamda qoidalariga mos bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: “Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari” (08.11.2007-y., ro‘yxat raqami 1737).

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin