210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə15/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
mjtk 210

30-modda. Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish
Qamoqqa olinganlar tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda qamoqda saqlash joyi hududida o‘z xohishlariga ko‘ra va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati bilan mehnatga jalb etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi.
Qamoqqa olinganlarning mehnat sharoiti qonunchilikda belgilangan xavfsizlik, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi kerak. Qamoqqa olinganlar o‘z mehnati uchun tegishli haq olishga haqlidir.
Qamoqqa olinganlarning ish haqi qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim va qonunda nazarda tutilgan chegirmalar qilinganidan keyin ularning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish maqsadida tergov hibsxonalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o‘z ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Qamoqqa olinganlarning tergov hibsxonalaridagi ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qamoqqa olinganlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek tergov hibsxonalarining ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
31-modda. Homilador ayollarni va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni qamoqda saqlash xususiyatlari
Qamoqda saqlash joylarida homilador ayollar va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar uchun yaxshilangan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etiladi hamda ovqatning oshirilgan normalari belgilanadi.
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan homilador ayollar tug‘ish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqiladi.
Homilador ayollarning va yonida ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, qamoqda saqlash joyining ma’muriyati jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga onaning roziligi bilan bolani qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga yoki bolalar muassasasiga vaqtincha topshirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ iltimosnomani olgach, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 218-moddasiga muvofiq homiylik qilish choralarini ko‘radi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin