210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari hamda moddiy javobgarligi



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə17/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
mjtk 210

4-bob. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari hamda moddiy javobgarligi
34-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning majburiyatlari
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar:
ushbu Qonunda va ichki tartib qoidalarida belgilangan qamoqda saqlash tartibi va shart-sharoitlariga rioya etishi;
qamoqda saqlash joyi ma’muriyatining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek qamoqda saqlash joylari xodimlarining va tartibni ta’minlovchi boshqa shaxslarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
shaxsiy gigiyena va sanitariya talablariga rioya etishi;
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi;
qamoqda saqlash joylarining mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi;
kameralar va boshqa xonalarni navbat tartibida tozalab turishi;
boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarni sodir etmasligi;
o‘z hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni qasddan sodir etmasligi shart.
Ushbu Qonunda belgilangan majburiyatlardan tashqari, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning zimmasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bo‘ladi.
35-modda. Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning moddiy javobgarligi
Ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar qamoqda saqlash joyining mol-mulkiga o‘z xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun fuqarolik qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda, agar zarar qamoqqa olinganning mehnat faoliyati jarayonida yetkazilgan bo‘lsa, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda moddiy javobgar bo‘ladi. Etkazilgan moddiy zarar miqdori qamoqda saqlash joyi boshlig‘ining qarori bilan belgilanadi. Mazkur qaror ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga tilxat olinib e’lon qilinadi va yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga bu qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplashni rad etgan taqdirda, bu zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
Etkazilgan moddiy zarar uchun noto‘g‘ri undirilgan summalar ushlab turilganga yoki qamoqqa olinganga qaytarilishi kerak.
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan yetkazgan moddiy zararning o‘rni uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning roziligi bilan qoplanishi mumkin.
Mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yuborilgan taqdirda, o‘rni qoplanmagan moddiy zarar mazkur muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar hisobidan undiriladi.
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan qamoqdan ozod qilingan taqdirda, uning tomonidan o‘rni qoplanmagan moddiy zarar qonunga muvofiq sud tartibida undirilishi mumkin.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin