210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish


-modda. Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari



Yüklə 223,02 Kb.
səhifə23/27
tarix07.01.2024
ölçüsü223,02 Kb.
#206915
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
mjtk 210

43-modda. Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari
Qamoqda saqlash joylarida qamoqdan qochish va boshqa jinoyatlarning, ichki tartib qoidalari buzilishlarining oldini olish, ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarning xulq-atvori to‘g‘risida zarur axborot olish uchun nazorat qilish va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalaridan hamda boshqa texnik vositalaridan foydalaniladi.
Qamoqda saqlash joyining ma’muriyati nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari qo‘llanilayotganligi haqida ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarni xabardor etishi shart.
Nazorat qilish va tekshiruvning texnik vositalari ro‘yxati, ulardan foydalanish tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
44-modda. Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan ovqat yeyishdan bosh tortgan taqdirda ko‘riladigan choralar
Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan ovqat yeyishdan bosh tortganligi fakti aniqlanganda qamoqda saqlash joyining boshlig‘i yoxud uning o‘rnini bosuvchi shaxs jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsni yoki organni, shuningdek prokurorni bu haqda xabardor qilishi shart.
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan imkoni boricha boshqa ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlardan alohida saqlanadi hamda tibbiy xodimning kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburiy tusdagi choralar (sun’iy va majburiy ovqatlantirish), agar uning hayoti yoxud sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiy xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning ovqat yeyishdan bosh tortishi uning boshqa qamoqda saqlash joylariga o‘tkazilishiga yoxud tergov harakatlari va sud majlislarida ishtirok etish uchun qo‘riqlab borilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Zarurat bo‘lganda, ushlab turilganni yoki qamoqqa olinganni boshqa erga ko‘chirish yoki qo‘riqlab borish tibbiy xodim kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburiy tusdagi choralarni qo‘llash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Yüklə 223,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin