23-Mavzu: Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar (1-qism)



Yüklə 315,31 Kb.
səhifə1/3
tarix24.11.2022
ölçüsü315,31 Kb.
#70316
  1   2   3
23-Mavzu Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar (1-qism)


23-Mavzu: Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar (1-qism)


Dinistor va tiristorlar haqida tushuncha. Qo‘llanish sohalari.
VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq
p-n o‘tishlarga ega ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi.
Tiristorning S-simon ВAXida tok ortishi bilan kuchlanish kamayadigan AV soha mavjud (23.1-rasm).

23.1. Tiristorning S - simon VAXi.

Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira - eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlaming bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan asbob -triggerlar sifatida keng ishlatiladi.


Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi.
Tuzilma chekkasidagi p - qatlam anod (А), n - qatlam esa katod (К) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n - va p - sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlaming o‘zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida sindstor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.

Yüklə 315,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin