a – umumiy ko‘rinishi; b – tarhi
7.3-rasm. Ichkarisida temir yo‘li va tashqarisida avtoyo‘lak joylashgan yopiq ombor (1GS) ning ko‘ndalang chizmasi
1-kichik gabaritli mexanik yuklagich; 2-yuk paketi; 3-ombor rampasi; 4-temir yo‘li; 5-yopiq vagon; 6-avtoyo‘lak; 7-yopiq vagon eshigini tambalash uchun ko‘tarilgan yo‘lakcha.
Konteynerlarni, og‘ir vazinli, uzun bo‘yli, o‘rmon va to‘kiluvchan yuklarni ortish, tushirish va saqlash uchun ochiq maydonlardan foydalaniladi. Ochiq maydonlarda ortish – tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun ikki konsolli chor poyali yoki ko‘prikli kranlardan foydalaniladi. O‘rta tonnajli konteynerlarni qayta ishlash (ortish – tushirish va saralash) uchun ochiq maydonlar KK-6 rusumli ikki konsoli chor poyali kranlar bilan jihozlanadi. Bu kranlarda o‘rta tonnajli konteynerlarni avtomatik tarzda ilib olish va bo‘shatish uchunssNII MPS – XIIT konstruksiyasidagi avtoilgakdan foydalaniladi. 7.4-rasmda KK-6 rusumli ikki konloli chor poyali kranlar bilan jihozlangan ochiq maydonning ko‘ndalang kesimini chizmasi ko‘rsatilgan. 7.5-rasmda esa ssNII MPS – XIIT konstruksiyasidagi avtoilgak ko‘rsatilgan. Avtoilgak noto‘g‘ri ilingan konteynerni ko‘tarishni istisno etuvchi avtomatik muhosaralash (blokirovka) qurilmasi bilan jihozlangan. SHuningdek konteyner yuqoriga ko‘tarilgandan keyin avtoilgakdan konteynerni uzish ham umuman istisno etiladi. Vertikal o‘q atrofida avtoilgakda osilib turgan konteynerni aylantirish uchun egiluvchan osma arqonli, aylanma va mayatnikli tebranishlarni so‘ndiruvchi gidravlik so‘ndirgich (dempfer) li aylanadigan universal kallakdan foydalaniladi.
7.4-rasm. KK-6 rusumli ikki konloli chor poyali kranlar bilan jihozlangan ochiq maydonning ko‘ndalang kesimini chizmasi
Yopiq omborlarning, yopiq va ochiq platformalarning va maydonlarning o‘lchamlari saqlanadigan yuklarning miqdoriga va turiga, saqlash muddatiga, yuklar bilan bajariladigan operatsiyalarning turiga va ulada foydalaniladigan mexanizatsiya vositalariga muvofiq loyihalarda belgilanadi.
Katta tonnajli konteynerlarning qayta ishlash (ortish – tushirish va saralash) punktlari proleti 25 va 32 m, sprederda yuk ko‘tarishi 24,0 va 30,5 t bo‘lgan ikki konsolli chor poyali kranlar bilan jihozlanadi.
Konteyner maydonining uzunligi uning sig‘imiga muvofiq belgilanadi. Ochiq maydonda nosoz konteynerlarni joylashtirish va ularni ta’mirlash uchun konteyner maydonining etagida alohida joy nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |