255-сонли мактабгача таълим муассасасининг «Мактабгача таълим муассасасида таълим Сифат самарадорлигини оширишдаги муммолар хамда уларни бартараф этиш йуллари» Мавзусидаги презентацияси


Bolalar: Mana bizlar hamamiz, Zukko o‘g‘il qizlarmiz



Yüklə 312,72 Kb.
səhifə8/10
tarix24.02.2023
ölçüsü312,72 Kb.
#85362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
OYTOSH SLAYD1

Bolalar: Mana bizlar hamamiz,

Zukko o‘g‘il qizlarmiz.

Mashg‘ulotga tayyormiz

Nafas mashg`uloti.

Artikulatsion gimnastika.

Oyoq mashg`ulotlari.

2.Asosiy qism:

Mashg‘ulotning borishi:

I tovushi bor ilon rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Defektolog I tovushini cho`zib (i-i-i-lon) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.


I tovushini talaffuzidalablar jilmaygan holatdagidek, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birlashmagan, oldingi tishlar orasi ochiq, tilning keng uchi pastki tish qirralariga, tilning yon qirralari esa yuqorigi katta tishlarga tegib turgan, til kuragi qattiq tanglayga ko‘tarilgan, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan burun yo‘llarini yopib turgan, havo oqimi og‘iz orqali o‘tib ketadigan holatda bo‘ladi, tovush boylamlari esa birikkan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil qiladi.

Tarbiyalanuvchilarbilan birga I tovushli so`zlar o`ylab topiladi.

Tarbiyalanuvchilarbilan birga I tovushli so`zlar o`ylab topiladi.

Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Quvnoq daqiqa

«Otlar» o‘yini

O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh bolalari ot haydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa "otlarga" bo‘linadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar

Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardek “iii” deb yuguradilar. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan haydovchilar otlarni «drrr» deb to‘xtatadilar. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar.

Defektolog bolalarga katta bosma I harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Defektolog ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Iharfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Iharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.


Yüklə 312,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin