Jixoz: Sabzavot va mevalarning muljaylari, mevali daraxtlar, sabzavodlar suratlari. Tarqatma materiallar (o`yin uchun). Bog`bon va dehqon mehnati aks etgan suratlar.
Vaqt: 15-20 daqiqa
Mashg‘ulotning borishi.
1.Tashkiliy qism.
Salomlashish
Logoped: Bolalar bilan salomlashadi. Yarim doira turgan bolalarning har biriga to`puloqtirib, ob-havoni, hafta kunini, kuz faslini, undagi o`zgarishlarni savollar berish orqali so`rab oladi. Bolalar javob berib, to`pni qayta uloqtiradi.
Logoped: Bolalar bilan salomlashadi. Yarim doira turgan bolalarning har biriga to`puloqtirib, ob-havoni, hafta kunini, kuz faslini, undagi o`zgarishlarni savollar berish orqali so`rab oladi. Bolalar javob berib, to`pni qayta uloqtiradi.
Logoped:
1. Bolalar hozir qaysi fasl?
2. Kuz faslida qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3. Qaysi faslda sabzavot va mevalar pishadi?
Logoped: Barchaga rahmat ,endi hammamiz joylarimizga o`tirib olamiz, bugun biz sizlar bilan atrof olam mashg`ulotimizda sabzavotlar va mevalar haqida suhbatlashamiz. Bolajonlar bilasizlarmi biz kuchli va sog`lom bo`lishimiz uchun vitaminlarkerak bo`ladi. Bu vitaminlar sabzavotlar va mevalarda mavjud bo`ladi. Agar biz meva va sabzavotlardan ko`proq iste’mol qilsak albatta kuchli va sog`lom bo`lamiz. Bolalar bu suratlarda nimalarni ko`ryabsizlar?
Bolalar javobi: Mevalar va sabzavotlar
Logoped: Juda ham to`g`ri qo`limdagi savatchalarda ham meva va sabzavotlar, ularning rangi va shakli turli xil o`lchamda. Kelinglar “Bu nima” o`yini o`ynaymiz.
Logoped: Bolalar ko`zchalarini mato bilan bog`laydi va savatdagi meva va sabzavotlardan olishni taklif etadi. Bola poypaslab qo`liga savatdanmeva yoki sabzavotni oladi.
Logoped: Qo`linga nimani olding? U nima, uning shakli qanaqa?