Rosa qildik biz mehmon. (Bolalar harakatlar bilan bajaradilar). Mustahkamlash: Logoped: Endi bolajonlar sizlarga topishmoqlar aytaman. Kichkina dexcha, Ichi to`la mixcha.( Anor) Qizil gulday, gul emas, Hidi guldan kam emas. O`zi dumaloq tuxum emas, Yesang shirin, asal emas.(olma ) Logoped: Juda to`g`ri bu olma edi, olma haqida she’r ham bilasizlarmi. Xoy olma, olma, olma Meni ovora qilma Bir oz bo`y cho`zay Olmalaringdan uzay Olchaxonga ustozman, Nordonlikdan halosman. Undan katta bir oz man, Sizlar sevgan gilosman Olmadir mening ismim, Biram yoqimli ism, Ne’mat ichra a’loman Yetmish dardga davoman Logoped:Raxmat barchangizga. Sabzavotlar haqida ham bilasizlarmi?. Goh uxlayman turbada, Goh pishaman shorvada. Qovurmada qaynayman, Mastavada yayrayman. Lag`monda ham men mehmon, Hamma joyda tayyorman. Ko`rinmasam shovlada, Erinmasdan kovla-da Logoped:Rahmat she’r juda qiziqarli ekan , bolalar bilasizlarmi sabzavotlardan foydalanibonajonlarimiz, bog`chamizda oshpaz opalarimiz sizlarga shirin va mazzali taomlar tayyorlab beradilar. Sabzavotlarni mazzali bo`lib yetishtirishda dehqonning mehnati katta, sabzavot ekishda oldin, dehqon yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy ozuqa solib, yerni yumshatadi, so`ng pushtalar tirtilib, urug`lar sepib chiqiladi. Ular ko`karib chiqishi bilan tez-tez tagini yumshatib turiladi, sug`orib turishi kerak, vaqti – vaqti bilan begona o`tlardan tozalanib, chopiq qilinadi. Bobo quyosh bu ekinlarni serhosil va shirin – shahar bo`lib o`sishi uchun nimalarni ayamay sochadi. So`ng mo`l hosil yig`ishtirib olinadi. Mevalarni yetishtirishda bolalar bog`bonning xissasi katta.
Dostları ilə paylaş: |