28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Materiallar xarakati bilan bog’liq bo’lgan ho’jalik operasiyalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/185
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199089
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185
28 mavzu buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari

3. Materiallar xarakati bilan bog’liq bo’lgan ho’jalik operasiyalarini 
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. 
4. Ustirishdagi va burdoqidagi xayvonlar hisobi schyotlari
 
Tayanch iboralar
: xom ashyo, materiallar, yoqilgi, extiyot qismlar, butlovchi 
buyumlar, sotib olingan yarim tayyor maxsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idish 
materiallar, haqiqiy tannarx, hisob narxi, o’rtacha qiymat va FIFO usuli, asosiy 
hoda, o’stirishdagi va boquvdagi yesh xayvonlar. 
Korxonaga tegishli xom ashyo, materiallar, yoqilgi, extiyot qismlar, butlovchi 
buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idish 
materiallar va shu kabi boyliklar mavjudligi va xarakati to’gisidagi axborotlar 
quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 
1010 "Xom ashyo va materiallar"; 
1020 "Sotib olingan yarim tayyor materiallar va butlovchi qismlar"; 
1030 "Yoqilgi"; 
1040 "Extiyot qismlar"; 
1050 "Qurilish materiallari"; 
1060 "Em-xashaklar va tushamalar"; 
1070 "Idish va idish materiallari"; 
1080 "Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar"; 
1090 "Boshqa materiallar". 
Materiallar hisobi schyotlarida materiallar ularni sotib olish (tayyorlash) dagi 
haqiqiy tannarxda yoki hisobga olish narxlarida hisobga olib boriladi. Tovar-
moddiy zaxiralarining haqiqiy tannarxi tovar-moddiy zaxiralarini sotib olish, ularni 
joylanish joylariga olib kelish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari va kerakli 
xolatga keltirish bo’yicha barcha xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
Materiallar hisobga olish narxlari bilan hisoblanganda, ularni sotib olish 
(tayyorlash) haqiqiy tannarxi va hisobga olish narxlari o’rtasidagi farq. 
1610 "Materiallar qiymatidagi farqdar" schyotida aks ettiriladi. 
Bir turdagi material qiymatliklarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 
o’rtacha qiymat va FIFO usullaridan foydalanishi kerak.
1010 "Xom-ashyo va materiallar" schyotida quyidagilar mavjudligi va 
darakati hisobga olib boriladi: 
Ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiga kirib, uning negizini tashkil
qiladigan yoki uni tayyorlashda (chiqrishda) zarur komponent 
hisoblanadigan xom ashyo va materiallar (shu jumladan, qurilish 
tashqilotlaridagi qurilish materiallari ham); 


215 
Maxsulotni ishlab chiqarishsa qatnashadigan yoki ho’jalik extiyojlari, texnik 
maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishga iste'mol qilinadigan 
yordamchi materiallar; 
- qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq; ho’jalik maxsulotlari va shu 
kabilar. 
1020 "Sotib olingan yarim tayyor materiallar va butlovchi qismlar" schyotida 
ishlab chiqariladigan maxsulotni (qurilishni) butlash (komplektlash) uchun ishlab 
chiqarish kooperasiyasi tartibida sotib olinadigan, ularni ishlov berish va yigish 
uchun xarajatlar talab qiladigan xaryd qilingan yarim tayyor maxsulotlar, tayyor 
butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalar mavjudligi va xarakati 
hisobga olib boriladi. 
Ilmiy-tadqiqotchilik 
va 
konstruktorlik 
tashkilotlari 
muayyan 
ilmiy-
tadqiqotchilik va konstruktorlik mavzusi bo’yicha ilmiy va eksterimental ishlarni 
o’tkazsh uchun chetdan sotib olgan butlovchi buyumlar, maxsus uskunalar, 
asboblar va moslamalarni va shu kabilarni ham 1020 "Sotib olingan yarim tayyor 
materiallar va butlovchi qismlar" schyotida hisobga olib boradi. Umumiy 
foydalanishdagi uskuna va asboblar materiallar hisobi schyotlarida hisobga 
olinmasdan, asosiy vositalar yoki kam baxoli va tez eskiradigan buyumlar tarkibida 
hisobga olib boriladi. 1030 "Yoqilgi" schyotida neft maxsulotlari, yoqilgi-moylash 
materiallari (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgisi, moy va sh.k.), qattiq, yoqilgi 
(ko’mir, yog’och va sh.k.) va gazsimon yoqilgilar (gaz va gazolin) mavjudligi va 
xarakati hisobga olib boriladi. Yoqilg’i-moylash materiallari (YoMM) uchun 
talonlardan foydalanilganda, ular ham 1030 "Yoqilg’i" schyotida hisobga olib 
boriladi 
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va 
boshqalarni ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo’ljallangan 
asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning 
mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Shu 
yerda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta’mirlash 
bo’limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatetlar, uskunalar, to’liq 
komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi. 
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruktsiyalari va detallari, 
bino va inshootlarning qismlari, konstruktsiya va detallarini qurish va pardoz 
qilish, qurilish detallarini tayyorlash qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish 
ehtiyojlari uchun ishlatiladigan shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib 
olingan va o’zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati 
hisobga olinadi. 
1060 "Idish va idishbob materiallar" schyotida idishlarning barcha turlari 
(xo’jalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, 
idishlar tayyorlash va ta’mirlash uchun mo’ljallangan materiallar va detallar 
(yashiklarni yig’ish uchun detallar, bochqa taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning 
mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va 
saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni 
qo’shimcha jihozlash uchun mo’ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va 
materiallar" schyotida hisobga olinadi. 


216 
1070 "Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga 
qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga 
olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog’liq chetdagi 
korxonalarga to’langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni 
hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi. 
1080 "Inventar va xo’jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma 
mablag’lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo’jalik jihozlari va boshqa 
mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va 
harakati hisobga olinadi. 
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga 
olinadi: 
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo’lmagan; 
b) xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati 
(sotib olish vaqtida) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi 
miqdorining ellik barobarigacha bo’lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida 
buyumlarning inventar va xo’jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun 
qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega. 
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo’jalik jihozlari 
tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki 
ma’lum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun 
mo’ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar); 
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal; 
v) yotoq jihozlari; 
g) kantselyariya jihozlari (kalqo’lyatorlar, stol jihozlari va h.k.); 
d) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari shuningdek, ovqatlanish xonasi 
choyshablari; 
e) xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan 
vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar; 
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriladigan uskunalar; 
z) ov qurollari (ko’kan, qopqon, to’rlar va h.k.). 
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo’jalik jihozlarni 
hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni va 
roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda 
ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to’liq qo’shiladi. Foydalanishdagi inventar 
va xo’jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning 
hisobi balansdan tashqari "Foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlari" 
schyotida tsex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo’yicha yuritiladi. 
Inventar va xo’jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan 
hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga 
oshiriladi. 
1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda 
tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu yerda ishlab 
chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo’lmaydigan yaroqsiz 


217 
mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar 
(metallom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, 
ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi. 
Qishloq xo’jaligi korxonalari urug’liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va 
o’zida ishlab chiqarilgan) kompostlar, mineral o’g’itlar, qishloq xo’jalik ekinlari 
zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli 
kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalarni (o’simlikchilikda, 
chorvachilikda va yordamchi xo’jalikda) hisobga olish va boshqalar uchun 
qo’shimcha schyotlarni ochishlari mumkin. 
Materiallarning kelib tushishi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" 
va 1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotlaridan foydalanilgan holda (agar 
bu korxonaning hisob schyotida belgilangan bo’lsa) yoki ushbu schyotlardan 
foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin. 
Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xo’jalik maqsadlariga haqiqatda 
sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni 
hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. 
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning 
krediti va 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks 
ettiriladi. 
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish 
joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) 
bo’yicha yuritiladi. 
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog’lanishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin