221
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" va shu
kabi boshqa schyotlar bilan
bog’langan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotining kreditiga xarid
qilingan qiymatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi bo’yicha
hisoblangan qiymati, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan
bog’langan holda olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi bo’yicha
qiymati
orasidagi farq summasi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan
1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotiga hisobdan chiqariladi.
Oy oxirida 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidagi qoldiq
tayyorlangan va xarid qilingan shuningdek, yo’ldagi yoki mol yetkazib
beruvchilarning omborlaridan (ushbu qiymatliklarni omborga kirim qilinmasdan)
olib kelinmagan materiallarning mavjudligini ko’rsatadi.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni
hisobga oluvchi schyotlar
(1500)ning bog’lanishi
Dostları ilə paylaş: