33
D-t “Kassa” schyoti
K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 so’m
YUqorida ko’rsatilgan tartibdagi yozuvlar buxgalteriya yozuvi yoki
provodka deb ataladi.
Mazkur yozuvni schyotlarda quyidagicha aks ettirishimiz mumkin:
D-t
“Hisob - kitob” schyoti
K-t Dt
“Kassa”
K-t
qoldiq
qoldiq
1) 50000
1) 50000
Misol.
Firma o’z xodimlariga kassadan o’tgan oy uchun ish haqi
to’ladi - 45000. Bu holatda firma kassasidagi naqd pul hajmi kamayib, bir
vaqtning o’zida firmaning xodimlar oldidagi qarzi ham kamayadi. Bu
operatsiyada ikkita schyot, yaoni “Kassa” va “Xodimlar bilan mehnatga haq
to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyoti ishtirok etgan. Balansga asosan
“Kassa” schyoti xo’jalik mabalg’larini aks ettiruvchi schyot bo’lib, u
aktivdir. “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar”
schyoti esa qarzdorlikni bildirib, u passivdir. Demak, qoidaga binoan aktiv
schyotlarda mablag’’ning kamayishi kredit tomonda aks ettiriladi. Ayni
chog’da “Kassa” schyoti kreditlanadi. Passiv schyotlarda esa, qarzning
kamayishi debet tomonda ko’rsatiladi. Bizning misolimizda “Xodimlar bilan
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyoti debetlanadi. YUqorida
bayon qilingan fikrlarni quyidagi buxgalteriya yozuvida aks ettiramiz:
Dostları ilə paylaş: