NAZORAT SAVOLLARI 1.
Schyotlar tizimi deganda nimani tushunasiz?
2.
Schyotlar strukturasi.
3.
Aktiv schyotlarning tuzilishi.
Muammoli vaziyat: Misol. Firma yoki boshqa xo’jalik suboekti mol etkazib beruvchilardan quyidagi
moddiy qiymatliklarni oldi: materiallar - 80000 so’m, ehtiyot qismlar - 40000 so’m, arzon
baholi tez eskiruvchi buyumlar - 60000 so’m.
Bu operatsiya ombordagi moddiy qiymatliklarning hajmini ko’paytirib, bir vaqtning
o’zida mol etkazib beruvchiga qarzdorlikni ham ko’payishiga olib keladi. Mol etkazib
beruvchiga bo’lgan qarzning umumiy summasi 200000 so’mni (80000+40000+60000)
tashkil qiladi. Ushbu operatsiyaning buxgalteriya hisobi schyotlarida quyidagicha aks
ettirish mumkin.
D-t “Materiallar” - 80000 so’m. D-t “ Ehtiyot qismlar” - 40000 so’m. D -t “Arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar” - 60000 so’m. K- t “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 200000 so’m. SHuni taokidlash lozimki, yuqoridagi murakkab yozuvlarni uchta oddiy provodkalar
ko’rinishda ham yozish mumkin:
1.
D-t “Materiallar” - 80000 so’m. K- t “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 200000 so’m. 2.
D-t “ Ehtiyot qismlar” - 40000 so’m. K- t “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 200000 so’m. 3.
D -t “Arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar” - 60000 so’m. K- t “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob - kitoblar” - 200000 so’m.