38
MAVZU-9 JORIY BUXGALTERIYA HISOBI
MA’LUMOTLARINI UMUMLASHTIRISH
(ma’ruza – 2 soat)
REJA:
1.
Oborot qaydnomalari haqida tushuncha.
2.
Sintetik va analitik schyotlar bo’yicha tuziladigan oborot
qaydnomalar va ular o’rtasidagi bog’liqlik.
Mavzuning maqsadi:
Oborot qaydnomalarning mazmunini o’rganish,
sintetik va analitik oborot qaydnomasi tuzish tartibini yoritib berish.
Tayanch iboralar:
Sintetik schyotlar oborot qaydnomasi, analitik
schyotlar oborot qaydnomasi, schyotlar nomi va shifri, oy boshiga qoldiq, oy
davomidagi oborot, oy oxiriga qoldiq, juft, birinchi juft, ikkinchi juft,
uchinchi juft, natural, qiymat o’lchovlari, kirim, chiqim, shaxmatsimon.
Korxonalar
faoliyatida
sodir
bo’ladigan
xo’jalik
jarayon
(operatsiya)lari buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilib boriladi. Xo’jalik
operatsiyalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida bunday qayd qilish joriy
hisob deb aytiladi. Joriy hisob maolumotlarining to’g’riligini bilish va
hisobot davrining oxiriga balans tuzish uchun vaqti-vaqti bilan barcha
schyotlar bo’yicha umumiy maolumotlar jamlab chiqiladi va schyotlar
bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq hisoblab topiladi. Schyotlarning
umumlashgan ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatini boshqaruviga
taaluqli qarorlar qabul qilinadi. Hisobot davrining oxiriga joriy hisobning
to’g’ri olib borilganligini bilish uchun oborot qaydnomalaridan
foydalaniladi. Schyotlarning tuzilishi, belgilanishi va mazmunlariga qarab
turib oborot qaydnomlari quyidagi turlarga bo’linadi:
sintetik schyotlar oborot qaydnomasi;
analitik schyotlar oborot qaydnomasi.
SHuningdek
korxonada
foydalanayotgan
hisobchilik shaklining xususiyatiga qarab turib,
“SHaxmatsimon” oborot qaydnomalaridan ham
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: